PF-2212-son Farmon · 05.02.1999

Rangli metallar parchalari va chiqindilari eksportini tartibga solish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2212
  • Qabul qilingan sana:05.02.1999
  • Kuchga kirgan sana:05.02.1999
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 2

Rangli metallar ichki bozorini himoya qilish, vatanimizdagi ishlab chiqaruvchilarni xomashyo bilan taʼminlash maqsadida:

1. 1999-yil 15-fevraldan boshlab rangli metallar parchalari va chiqindilarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish taqiqlansin.

(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-martdagi PF-3982-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 95-modda)

2. “Oʻzbekiston lom, rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi” AJga har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan hajmlarda rangli metallar parchalari va chiqindilarini eksport qilish huquqi berilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 06/18/5300/0557-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi olib chiqib ketilishi taqiqlangan tovarlar, buyumlar va mahsulotlarning respublikadan tashqariga chiqarilishi chogʻida belgilangan tartibga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1999-yil 5-fevral,

PF-2212-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.