PF-2332-son Farmon · 30.06.1999

Oʻzbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2332
  • Qabul qilingan sana:30.06.1999
  • Kuchga kirgan sana:30.06.1999
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 6

Respublikada turizm sohasi boʻyicha yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, turizmning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yanada oshirish maqsadida:

1. 1999-2000 oʻquv yilidan boshlab turizm sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mujassamlashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 15-apreldagi “2005-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida mazkur Farmon yuzasidan qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1999-yil 30-iyun,

PF-2332-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.