PF-2472-son Farmon · 31.12.1999

Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solish shkalasini takomillashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2472
  • Qabul qilingan sana:31.12.1999
  • Kuchga kirgan sana:31.12.1999
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 12

Jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solishni takomillashtirish, mehnatni ragʻbatlantirish va daromadlarni legallashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. 2000-yilning 1-yanvaridan boshlab jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliqning eng katta stavkasi 45% dan 40% ga tushirilsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki, 2000-yilning 1-yanvaridan boshlab jismoniy shaxslar daromadlaridan soliq ilovaga muvofiq stavkalar boʻyicha undiriladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.

4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1999-yil 31-dekabr,

PF-2472-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining1999-yil 31-dekabrdagi PF-2472-son Farmoniga ILOVA

Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq

Soliq solinadigan daromad miqdori Soliq summasi Eng oz ish haqining uch karra miqdorigacha daromad summasining 15 foizi Eng oz ish haqining uch karra miqdori (+1 soʻm)dan besh karra miqdorigacha uch karra miqdordan soliq+ eng oz ish haqining uch karra miqdoridan oshgan summadan 25 foiz Eng oz ish haqining besh karra miqdori (+1 soʻm) dan oʻn karra miqdorigacha besh karra miqdordan soliq+ eng oz ish haqining besh karra miqdoridan oshgan summadan 36 foiz Eng oz ish haqining oʻn karra miqdori (+1 soʻm) dan va oʻndan yuqori oʻn karra miqdordan soliq+ eng oz ish haqining oʻn karra miqdoridan oshgan summadan 40 foiz.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.