PQ-1960-son Qaror · 25.04.2013

Xalqaro shartnomani qabul qilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1960
  • Qabul qilingan sana:25.04.2013
  • Kuchga kirgan sana:29.04.2013
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 17

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:

1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruvchilari Kengashining “Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimga Janubiy va Sharqiy Oʻrta yer dengizi mamlakatlarida bank faoliyatiga ijozat beruvchi tuzatishni kiritish haqida 2011-yil 30-sentabrdagi 137-sonli rezolyutsiyasi hamda “Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimga maxsus jamgʻarmalarning mablagʻlaridan qarz oluvchi mamlakatlarda va potensial qarz oluvchi mamlakatlarda foydalanishga ijozat beruvchi tuzatishni kiritish haqidagi 138-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimning (Parij, 1990-yil 29-may) 1 va 18-moddalari tahririni oʻzgartirish haqida qaror qabul qilindi.

2. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruvchilari Kengashining 2011-yil 30-sentabrdagi 137 va 138-sonli rezolyutsiyalari bilan maʼqullangan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimning 1 va 18-moddalariga tuzatishlar qabul qilinsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga mazkur tuzatishlar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yoʻllasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu tuzatishlar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻrsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 25-aprel,

PQ-1960-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.