PQ-1425-son Qaror · 01.11.2010

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1425
  • Qabul qilingan sana:01.11.2010
  • Kuchga kirgan sana:01.11.2010
  • Holati:Amalda

1. 2007-yil 22-noyabrda Ashxobod shahrida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun maxsus vositalar (noqatl darajadagi qurol) yaratish sohasida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining “Maxsus texnika va aloqa” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Davlat muassasasiga bazaviy ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomini berish toʻgʻrisidagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari Kengashining qarori tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati milliy qonunchilikda nazarda tutilgan ularning vakolatlari doirasida mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarilishini ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2010-yil 1-noyabr,

PQ-1425-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.