PQ-1439-son Qaror · 29.11.2010

Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatssiyasining obuna kapitalidagi qoʻshimcha aksiyalarga Oʻzbekiston Respublikasining obunasi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1439
  • Qabul qilingan sana:29.11.2010
  • Kuchga kirgan sana:29.11.2010
  • Holati:Amalda

Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek Islom taraqqiyot bankining ustav kapitalidagi Oʻzbekiston Respublikasining ulushini oshirish munosabati bilan saqlab qolish maqsadida:

1. Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasining (XSRIK) Bosh Assambleyasi Islom taraqqiyot bankining ustav kapitalidagi ulushlarini saqlab qolish maqsadida XSRIKning ustav kapitalini 0,5 dan 1,0 milliard AQSH dollariga oshirish va XSRIKga aʼzo mamlakatlarning qoʻshimcha aksiyalariga obuna boʻlishini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda respublika manfaatdor tijorat banklarining Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasining har bir aksiyaning nominal qiymati 10 000 AQSH dollaridan iborat qoʻshimcha 5 ta aksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan sotib olish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasini XSRIK ustav kapitalidagi Oʻzbekiston Respublikasi ulushini qoʻshimcha 5 ta aksiyaga oshirish toʻgʻrisidagi qaror toʻgʻrisida xabardor qilsin.

4. Quyidagilar:

qoʻshimcha ravishda sotib olingan aksiyalar boʻyicha xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasining ustav kapitaliga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash jadvali 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari oʻrtasida Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasining ustav kapitaliga qoʻshimcha ravishda sotib olingan aksiyalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi badallari toʻlovlarini taqsimlash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki oʻrnatilgan tartibda:

XSRIK ning qoʻshimcha ravishda sotib olingan 5 ta aksiyasiga obuna boʻlishni;

1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha ravishda sotib olingan aksiyalar uchun XSRIK ustav kapitaliga Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlashni taʼminlasin.

6. “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Ipak yoʻli” ATB Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasining qoʻshimcha aksiyalarini sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy bankiga 2-ilovaga muvofiq mablagʻlar oʻtkazilishini taʼminlasin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2010-yil 29-noyabr,

PQ-1439-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 29-noyabrdagi PQ-1439-son qaroriga1-ILOVA

Qoʻshimcha sotib olingan aksiyalar uchun xsrik ustav kapitaliga oʻzbekiston respublikasi badallarini toʻlash

Toʻlov yiliToʻlanishi kerak boʻlgan miqdor*(AQSH dollarida)201010 000,00201110 000,00201210 000,00201310 000,00201410 000,00Jami:50 000,00

Izoh:

*Toʻlovlar AQSH dollarida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 29-noyabrdagi PQ-1439-son qaroriga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari oʻrtasida qoʻshimcha ravishda sotib olingan aksiyalar boʻyicha xsrik ustav kapitaliga Oʻzbekiston Respublikasi badallari toʻlovlarini taqsimlash

Toʻlov yiliToʻlanishi kerak boʻlgan miqdor *(AQSH dollarida)Toʻlov manbai *201010 000,00Milliy bank201110 000,00“Asaka” davlat aksiyadorlik tijorat banki201210 000,00“Asaka” davlat aksiyadorlik tijorat banki201310 000,00“Ipak yoʻli” AITB201410 000,00“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

Izoh:

*Toʻlovlar tijorat banklarining oʻz xorijiy valyuta mablagʻlari hisobidan AQSH dollarida amalga oshiriladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.