PF-476-son Farmon · 28.09.1992

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 25-avgustdagi PF-458-son Farmoni amal qilishini harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan pensionyerlarga tatbiq etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-476
  • Qabul qilingan sana:28.09.1992
  • Kuchga kirgan sana:28.09.1992
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 11

Harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan pensionyerlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1992-yil 1-sentabrdan nafaqalar, stipendiyalar hamda budjet hisobidagi tashkilotlar xodimlarining ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1992-yil 25-avgustdagi Farmoni 1-bandining amal qilishi ofitsyerlar tarkibidan praporshchiklardan, michmanlardan va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilaridan, ichki ishlar organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan pensionyerlarga, shuningdek, ularning boquvchisini yoʻqotganligi tufayli pensiya oluvchi oilalariga tatbiq etilsin.

Yuqorida koʻrsatilgan shaxslarning toifalari uchun pensiyalar hisoblab chiqish 1992-yil 1-sentabrdagi holat boʻyicha harbiy xizmatchilar tegishli toifalarining, boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibining pul daromadlarining oʻrtacha darajasidan kelib chiqqan holda amalga oshirilsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki, bundan keyin ushbu Farmonning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarning pensiyalarini qayta hisoblab chiqish harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar organlarining xizmatdagi boshliqlar va oddiy xodimlari tarkibidagi shaxslar pul daromadlarining oʻzgarishiga muvofiq vaqti-vaqti bilan amalga oshirib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 28-sentabr,

PF-476-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.