Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻn toʻqqiz yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2010-yil 28-avgust shanba va 29-avgust yakshanba dam olish kunlari 2010-yil 30-avgust dushanba va 31-avgust seshanba kunlariga koʻchirilsin.
28-avgust shanba va 29-avgust yakshanba kunlari ish kunlari deb eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-avgust,
PQ-1391-son