Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
2012-yil 29-dekabr shanba va 30-dekabr yakshanba dam olish kunlari mos ravishda 2012-yil 31-dekabr dushanba va 2013-yil 2-yanvar chorshanba kunlariga koʻchirilsin;
2012-yil 29-dekabr shanba va 30-dekabr yakshanba kunlari ish kunlari deb eʼlon qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-dekabr,
PQ-1886-son