Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 27-fevraldagi PQ-2136-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari (“Oʻzmontajmaxsusqurilish”) assotsiatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 27-oktabrdagi PF-482-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 10-iyun,
PF-4622-son