Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan Shanxay xamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar uchun beriladigan kredit mablagʻlarini jalb etgan holda nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish hisobiga Navoiy viloyatidagi sugʻorish tizimining ish samaradorligi va barqarorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “China National Elektrik Enjineering Co. Ltd” (XXR) kompaniyasi oʻrtasida “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini bajarish doirasida texnologiya uskunalari, ehtiyot qismlar yetkazib berish, shef-montajni amalga oshirish, sozlash va xodimlarni oʻqitish uchun qiymati 5 306,0 ming AQSH dollariga teng shartnoma tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki orqali qayta moliyalashtiriladigan, 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan, yillik 2,2 foiz stavkali, qayta moliyalashtiradigan bankning 0,2 foiz marjasini hisobga olgan holda, beriladigan 5,04 mln. AQSH dollari miqdordagi XXR Eksimbankining qarz mablagʻlari hisobiga;
ekvivalenti 14,62 mln. AQSH dollari, shu jumladan soliq va bojxona toʻlovlaridan ozod etish tarzidagi 3,41 mln. AQSH dollari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini samarali amalga oshirish uchun byurtmachi va masʼul ijrochi organ hisoblanadi;
“Oʻzsuvloyiha” OAJ mazkur loyihaning bosh loyihachisi hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, kreditga xizmat koʻrsatish va moliyalashni tashkil etish bilan bogʻliq foizlar, komissiyalar va xarajatlarni toʻlash Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
loyiha uch yil (2014 — 2016-yillar) davomida amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
“Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosi va obyektni ishga tushirish muddati 2016-yilning IV choragiga belgilangan holda uning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
“Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi yuzasidan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlari boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirishni tashkil etish uchun:
XXR Eksimbanki bilan individual qarz bitimini;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirishga kredit shartnomasini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomida:
XXR Eksimbankiga — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining toʻlov majburiyatlari boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining XXR Eksimbanki kreditlari boʻyicha toʻlov majburiyatlari yuzasidan haq undirmagan holda kafolatlarni imzolash vakolati berilsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari boʻyicha belgilangan tartibda qarz bitimlarida nazarda tutilgan shaklda yuridik xulosalar bersin.
8. “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshiriladigan davrda va amalga oshirilgandan soʻng bir yillik kafolat muddati davomida:
loyihani amalga oshirish doirasida olib kelinadigan, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” rejimida olib kelinadigan uskunalar, maxsus texnika, ehtiyot qismlar va materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari-yuridik shaxslarning foyda soligʻini toʻlashdan (loyiha bajaruvchilari);
loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari-jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlashdan;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida loyihani amalga oshirish doirasida sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga “Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasini moliyalashtirish uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini nazarda tutsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda kirish vizalarini rasmiylshtirishni taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmagan holda belgilangan tartibda koʻp martalik vizalarni berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiska qilishni va propiskani uzaytirishni rasmiylashtirishni taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalari boʻyicha ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnoma berishni taʼminlasin.
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-may,
PQ-2172-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-maydagi PQ-2172-son qaroriga1-ILOVA
“Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining
T/r Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi Jami shu jumladan: budjet mablagʻlari XXR krediti 1. Loyihaning umumiy qiymati* ming AQSH dollari (ekv) 19 660,7 14 620,0 5 040,7 2. Kapital qoʻyilmalar miqdori, jami ming AQSH dollari (ekv) 16 251,8 11 211,1 5 040,7 shu jumladan: uskunalar xaridi (uskunalar, ehtiyot qismlar olib kelish, yuklashdan oldingi inspeksiya, tashish, sugʻurta, shef-montaj va sozlash hamda xizmat koʻrsatish xodimlarini oʻqitish) ming AQSH dollari 5 306,0 265,3 5 040,7 qurilish-montaj ishlari, obyektlar qurilishini va tavakkalchilik koeffitsiyentini sugʻurtalash ming AQSH dollari ekv. 10 146,7 10 146,7 - moliyaviy xarajatlar** ming AQSH dollari 207,9 207,9 - ulardan: investitsiya davrida kredit foizlarini toʻlash ming AQSH dollari 163,2 163,2 - investitsiya davrida bank marjasi ming AQSH dollari 16,3 16,3 - majburiyat komissiyasi ming AQSH dollari 13,3 13,3 - boshqarish komissiyasi ming AQSH dollari 15,1 15,1 - buyurtmachining boshqa xarajatlari ming AQSH dollari ekv. 591,2 591,2 - 3. Soliq va bojxona toʻlovlaridan ozod qilish ming AQSH dollari ekv. 3 408,9 3 408,9 - 4. Asosiy tashkil etiladigan fondlar qiymati ming AQSH dollari ekv. 16 117,8 5. Sugʻoriladigan maydon 18 115 ga 6. Band boʻlganlarning kutilayotgan soni 18 nafar 7. Xarajatlar qoplanadigan hisob-kitob muddati 4,9 yil 8. Investitsiya davrining davomiyligi 36 oy 9. Kredit berish muddati 20 yil shu jumladan imtiyozli davr 5 yil
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha aniqlanadi.
** Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar miqdori kredit shartnomasi kuchga kirgan sana, shuningdek, kreditni tanlab olishning amaldagi sanasi va muddatiga bogʻliq boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-maydagi PQ-2172-son qaroriga2-ILOVA
“Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish
ming AQSH dollari Xarajatlar 2014-y. 2015-y. 2016-y. Jami EKVdagi xarajatlar Jami Xarajatlar milliy valyutada, AQSH doll ekv. Jami xarajatlar EKVdagi xarajatlar Jami Xarajatlar milliy valyutada, AQSH doll ekv. Jami xarajatlar EKVdagi xarajatlar Jami Xarajatlar milliy valyutada, AQSH doll ekv. Jami xarajatlar EKVdagi xarajatlar Jami Xarajatlar milliy valyutada, AQSH doll ekv. Jami xarajatlar XXR Oʻzbekiston XXR Oʻzbekiston XXR Oʻzbekiston XXR Oʻzbekiston Uskunalar xarid qilish (uskunalar, ehtiyot qismlar olib kelish, yuklashdan oldingi inspeksiya, tashish, sugʻurta, shef-montaj va sozlash hamda xizmat koʻrsatish xodimlarini oʻqitish) 1857,1 265,3 2122,4 - 2122,4 3183,6 - 3183,6 - 3183,6 - - - - - 5040,7 265,3 5306,0 - 5306,0 Jami 1857,1 265,3 2122,4 - 2122,4 3183,6 - 3183,6 - 3183,6 - - - - - 5040,7 265,3 5306,0 - 5306,0 qurilish-montaj ishlari, obyektlar qurilishini va tavakkalchilik koeffitsiyentini sugʻurtalash - - - 3652,8 3652,8 - - - 5479,2 5479,2 - - - 1014,7 1014,7 - - - 10146,7 10146,7 Buyurtmachining boshqa xarajatlari - - - 346,8 346,8 - - - 171,3 171,3 - - - 73,1 73,1 - - - 591,2 591,2 jumladan: LQI - - - 247,2 247,2 - - - - - - - - - - - 247,2 247,2 Loyihani ekspertizadan oʻtkazish - - - 1,3 1,3 - - - - - - - - - - 1,3 1,3 DAQN taʼminoti - - - 2,8 2,8 - - - 4,3 4,3 - - - 0,8 0,8 - 7,9 7,9 Buyurtmachi taʼminoti - - - 90,3 90,3 - - - 135,5 135,5 - - - 25,1 25,1 - 250,9 250,9 Ishga tushirish ishlari - - - - - - - - 31,5 31,5 - - - 47,2 47,2 - 78,7 78,7 Boshqa moliyaviy xarajatlar - - - 5,2 5,2 - - - - - - - - - - - 5,2 5,2 Jami - - - 3999,6 3999,6 - - - 5650,5 5650,5 - - - 1087,8 1087,8 - 10737,9 10737,9 Hammasi 1857,1 265,3 2122,4 3999,6 6122,0 3183,6 - 3183,6 5650,5 8834,1 - - - 1087,8 1087,8 5040,7 265,3 5306,0 10737,9 16043,9 Investitsiya davrida foizlarni toʻlash - 9,3 9,3 - 9,3 - 53,1 53,1 - 53,1 - 100,8 100,8 - 100,8 - 163,2 163,2 - 163,2 Investitsiya davrida bank marjasi - 0,9 0,9 - 0,9 - 5,3 5,3 - 5,3 - 10,1 10,1 - 10,1 - 16,3 16,3 - 16,3 Majburiyat komissiyasi 6,2 6,2 - 6,2 - 7,1 7,1 - 7,1 - - - - - - 13,3 13,3 13,3 Boshqaruv komissiyasi - 15,1 15,1 - 15,1 - - - - - - - - - - - 15,1 15,1 - 15,1 Jami 31,5 31,5 - 31,5 - 65,5 65,5 - 65,5 - 110,9 110,9 - 110,9 - 207,9 207,9 - 207,9 Umumiy xarajatlar 1857,1 296,8 2153,9 3999,6 6153,5 3183,6 65,5 3249,1 5650,5 8899,6 - 110,9 110,9 1087,8 1198,7 5040,7 473,2 5513,9 10737.9 16251,8
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-maydagi PQ-2172-son qaroriga3-ILOVA
“Navoiy viloyatidagi “Konimex-1” nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish” loyihasi yuzasidan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlari boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning
1. Qarz summasi 5 040 700,0 AQSH dollari 2. Qarzni qaytarish muddati, 20 yil shu jumladan imtiyozli muddat 5 yil 3. Kredit uchun foiz stavkasi yillik 0,2 % 4. Bank marjasi yillik 2,0 % 5. Majburiyat komissiyasi Kredit summasining tanlanmagan qismidan yillik 0,3 % 6. Boshqaruv komissiyasi kredit summasidan 0,3 % Yillar Yarim yillik Qarzdorlik Asosiy qarzni uzish* Foizlarni toʻlash** Bank marjasi Majburiyat komissiyasi Boshqaruv komissiyasi Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa 2014*** 1 928550,00 15122,10 15122,10 2 1857100,00 9285,50 928,55 6168,23 16382,28 2015 1 3448900,00 18571,00 1857,10 4775,40 25203,50 2 5040700,00 34489,00 3448,90 2387,70 40325,60 2016 1 5040700,00 50407,00 5040,70 55447,70 2 5040700,00 50407,00 5040,70 55447,70 2017 1 5040700,00 50407,00 5040,70 55447,70 2 5040700,00 50407,00 5040,70 55447,70 2018 1 5040700,00 50407,00 5040,70 55447,70 2 5040700,00 50407,00 5040,70 55447,70 2019 1 4872676,66 168023,34 50407,00 5040,70 223471,04 2 4704653,32 168023,34 48726,77 4872,68 221622,79 2020 1 4536629,98 168023,34 47046,53 4704,65 219774,52 2 4368606,64 168023,34 45366,30 4536,63 217926,27 2021 1 4200583,30 168023,34 43686,07 4368,61 216078,02 2 4032559,96 168023,34 42005,83 4200,58 214229,75 2022 1 3864536,62 168023,34 40325,60 4032,56 212381,50 2 3696513,28 168023,34 38645,37 3864,54 210533,25 2023 1 3528489,94 168023,34 36965,13 3696,51 208684,98 2 3360466,60 168023,34 35284,90 3528,49 206836,73 2024 1 3192443,27 168023,33 33604,67 3360,47 204988,47 2 3024419,94 168023,33 31924,43 3192,44 203140,20 2025 1 2856396,61 168023,33 30244,20 3024,42 201291,95 2 2688373,28 168023,33 28563,97 2856,40 199443,70 2026 1 2520349,95 168023,33 26883,73 2688,37 197595,43 2 2352326,62 168023,33 25203,50 2520,35 195747,18 2027 1 2184303,29 168023,33 23523,27 2352,33 193898,93 2 2016279,96 168023,33 21843,03 2184,30 192050,66 2028 1 1848256,63 168023,33 20162,80 2016,28 190202,41 2 1680233,30 168023,33 18482,57 1848,26 188354,16 2029 1 1512209,97 168023,33 16802,33 1680,23 186505,89 2 1344186,64 168023,33 15122,10 1512,21 184657,64 2030 1 1176163,31 168023,33 13441,87 1344,19 182809,39 2 1008139,98 168023,33 11761,63 1176,16 180961,12 2031 1 840116,65 168023,33 10081,40 1008,14 179112,87 2 672093,32 168023,33 8401,17 840,12 177264,62 2032 1 504069,99 168023,33 6720,93 672,09 175416,35 2 336046,66 168023,33 5040,70 504,07 173568,10 2033 1 168023,33 168023,33 3360,47 336,05 171719,85 2 0,00 168023,33 1680,23 168,02 169871,58 Jami 5040700,00 1146096,00 114609,60 13331,33 15122,10 6329859,03
* Asosiy qarzni birinchi uzish sanasi kredit shartnomasi kuchga kirgan sanaga bogʻliq boʻladi.
** Komissiya va foizlar kredit shartnomasining haqiqiy summasi hamda yetkazish (tanlash) va kuchga kirish sanasiga bogʻliq boʻladi.
*** Kreditni tanlash davri prognoz hisoblanib, kredit shartnomasi kuchga kirish sanasiga bogʻliq boʻladi.