PQ-2234-son Qaror · 09.09.2014

Toifalashtirilgan sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlimlari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2234
  • Qabul qilingan sana:09.09.2014
  • Kuchga kirgan sana:15.09.2014
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 37

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 6-iyundagi 907-II-sonli “Toshkent shahar Hamza tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 29-avgustdagi SQ-441-II-sonli “Toshkent shahar Hamza tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori bilan tasdiqlangan Toifalashtirilgan sud ijrochilarining tuman (shahar) boʻlimlari roʻyxati 14-bandidagi “Hamza tumani” soʻzlari “Yashnobod tumani” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2014-yil 9-sentabr,

PQ-2234-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.