PQ-2259-son Qaror · 04.11.2014

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 15-maydagi PQ-1112-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2259
  • Qabul qilingan sana:04.11.2014
  • Kuchga kirgan sana:10.11.2014
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 45

Kadastr xizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada soddalashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmonini bajarish yuzasidan respublika Hukumati tomonidan Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va texnik inventarizatsiya boʻyicha davlat xizmatlari qiymatini aniqlash tartibi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 15-maydagi PQ-1112-sonli qarorining 1-bandi va uning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2014-yil 4-noyabr,

PQ-2259-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.