PQ-2277-son Qaror · 26.12.2014

2015-yil 2-yanvar kunini dam olish kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2277
  • Qabul qilingan sana:26.12.2014
  • Kuchga kirgan sana:26.12.2014
  • Rasmiy nashr:Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 12

Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2015-yil 2-yanvar juma kuni dam olish kuni deb eʼlon qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 132-moddasiga asosan, texnik ishlab chiqarish va boshqa sharoitlarga koʻra ishni toʻxtatib turish mumkin boʻlmagan joylarda, shuningdek, aholiga xizmat koʻrsatish zarurati boʻlgan holatlarda ishlashga yoʻl qoʻyilsin.

Bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq amalga oshirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2014-yil 26-dekabr,

PQ-2277-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.