PF-1333-son Farmon · 26.12.1995

1996-yilni “Amir temur yili” deb eʼlon qilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1333
  • Qabul qilingan sana:26.12.1995
  • Kuchga kirgan sana:26.12.1995
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 12

Buyuk davlat arbobi Amir Temur tugʻilgan kunning 660 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz jamoatchiligidan tushayotgan koʻplab takliflarni inobatga olib,

uning davlatchilikni barpo etishdagi, fan, taʼlim va madaniyat taraqqiyotidagi ulkan hissasini nazarda tutib,

YUNESKO Bosh konferensiyasining 1996-yilda Amir Temurning 660 yilligi jahon jamoatchiligi tomonidan keng nishonlanishi toʻgʻrisidagi qaroriga eʼtiboran xalqaro va respublika miqyosida tadbirlar oʻtkazilayotganligini hisobga olib,

Oʻzbekiston fuqarolarining, yosh avlodning milliy iftixor va vatanparvarlik tuygʻularini yanada rivojlantirish maqsadida,

1996-yil “Amir Temur yili” deb eʼlon qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1995-yil 26-dekabr,

PF-1333-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.