PF-1459-son Farmon · 01.05.1996

Gʻalaba kuni bayrami munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1459
  • Qabul qilingan sana:01.05.1996
  • Kuchga kirgan sana:01.05.1996
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 5-6

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining Oʻzbekiston Respublikasi davlat manfaatlarini himoya qilishdagi katta xizmatlari uchun va 9 May Gʻalaba Kuni bayrami munosabati bilan:

1. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilari, shuningdek baynalminal jangchilardan boʻlgan nogironlar eng oz ish haqining 2,5 baravar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlansin.

2. Ushbu Farmonni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati ushbu mukofotning toʻlanishini taʼminlasinlar.

4. Dam olish kuni 1996-yil 12-may yakshanbadan 1996-yil 10-mayga koʻchirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1996-yil 1-may,

№ PF-1459-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.