PQ-2542-son Qaror · 02.06.2016

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2542
  • Qabul qilingan sana:02.06.2016
  • Kuchga kirgan sana:02.06.2016
  • Holati:Amalda

1. MDH hukumatlari rahbarlari kengashining yigʻilishida imzolangan (2015-yil 30-oktabr, Dushanbe shahri) Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarningoldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida 1993-yil 22-yanvardagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Protokol tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilgani va uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2016-yil 2-iyun,

PQ-2542-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.