PQ-2656-son Qaror · 09.11.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2656
  • Qabul qilingan sana:09.11.2016
  • Kuchga kirgan sana:14.11.2016
  • Rasmiy nashr:ЎР ҚT 45

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 10-sentabrdagi PQ-2584-sonli qarori 3-ilovasi matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R. Abdukadirov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 9-noyabr,

PQ-2656-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi PQ-2656-sonli qarorigaILOVA

Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti

Mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari:

1. Madaniyat va sport ishlari vazirligi (madaniyat qismi masalalari boʻyicha)

2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

3. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi

4. Intellektual mulk agentligi

5. “Oʻzarxiv” agentligi

6. “Oʻzbekkino” milliy agentligi

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita

8. Badiiy akademiya

9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

11. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi

12. Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona

13. “Mahalla” Oʻzbekiston xayriya jamoat fondi

14. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati

15. Oʻzbekiston kasaba Uyushmalari Kengashi

16. Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi

17. Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi

18. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi

19. Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

20. Respublika baynalminal madaniyat markazi

21. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi

22. “Aloqabank” AK

23. Axborot tizimlari va texnologiyalarni rivojlantirish, milliy axborot makonini monitoring qilish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha — davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari.”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.