Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent metropoliteni faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PP-2638-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qarori 2-ilovasidan “Toshkent metropoliteni” DUK” bloki chiqarib tashlansin.
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 17-fevral,
PQ-2787-son