Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyati samaradorligini oshirish, uni oʻz joriy xarajatlarini oʻzining hisobidan moliyalashga bosqichma-bosqich oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 1-martdagi PQ-1929-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-fevral,
PQ-2804-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-fevraldagi PQ-2804-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1-martdagi “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-1929-son qarorining rus tilidagi matniga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “v 2013 — 2016 godax” soʻzlari “v 2013 — 2018 godax” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 3-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
finansirovaniya tekuщix rasxodov Mejdunarodnogo instituta solnechnoy energii za schet budjetnix i sobstvennix istochnikov