Koʻp xonadonli uy-joy fondining texnik holatini tubdan yaxshilash va undan tegishli ravishda foydalanish, taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, koʻp xonadonli uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini tashkil etish darajasini yanada oshirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, koʻp xonadonli uy-joy fondining uy ichidagi muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalaniladigan joylarni oʻz vaqtida va sifatli taʼmirlash, shuningdek, koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni bolalar va sport maydonchalari tashkil etgan holda, obodonlashtirishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
uy-joy kommunal xoʻjaligini boshqarishning taʼsirchan vertikal tizimini yaratish va koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanish ishlarini va unga xizmat koʻrsatish bozorini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
uy-joy kommunal soha tashkilotlari, ayniqsa, taʼmirlash-tiklash xizmatlarining moddiy-texnik bazasini tashkil etish va mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va malakali mutaxassislar bilan taʼminlash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini taʼmirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) tasdiqlansin va unda quyidagilar koʻzda tutilsin:
2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondining umumiy foydalaniladigan joylarini mukammal va joriy taʼmirlash parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondining lift uskunalarini taʼmirlash va almashtirish parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash tizimini takomillashtirishga doir kompleks tadbirlar 4-ilovaga muvofiq.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari tasdiqlangan Dasturning belgilangan muddatlarda qatʼiy bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
3. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
koʻp xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash — tijorat banklari kreditlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining maxsus bank hisobvaraqlarida alohida toʻplanadigan oʻz mablagʻlari;
koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, shu jumladan, yil boshidagi qoldiq boʻsh mablagʻlar va I — III chorak yakunlari boʻyicha ortigʻi bilan bajarilgan daromad qismi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
koʻp xonadonli uy-joy fondining lift uskunalarini taʼmirlash va almashtirish — xususiy uy-joy mulkdorlarining oʻz mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari kreditlari, shuningdek, lizing hisobidan.
4. Dasturni amalga oshirish doirasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining koʻp xonadonli uy-joy fondi va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha injiniring kompaniyasi — buyurtmachi;
“ToshuyjoyLITI” AJ — bosh loyiha tashkiloti;
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB — uy-joy kommunal soha tashkilotlarini moliyalashtirishni taʼminlaydigan vakolatli bank;
“TQLK “Qurilishmashlizing” AJ — uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatadigan tashkilotlarni zarur texnika va taʼmirlash-qurilish uskunalari bilan taʼminlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi etib belgilansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda 2017-yilning 1-noyabrigacha koʻp xonadonli uylarni, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, pasportlashtirish natijalari boʻyicha ularning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirsin va uni muntazam yangilab borishni taʼminlasin;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son)
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruvining raisi “Kommunaloʻquv” oʻquv-uslubiy markazi” DUKda oʻqigani toʻgʻrisida tegishli sertifikatga mavjud boʻlganda va nomzod tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi bilan kelishilgan holda saylanadi, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari aʼzolarining umumiy yigʻilishi qarori asosida tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻining taqdimnomasiga koʻra lavozimidan ozod etiladi.
9. Koʻp xonadonli uy-joy fondini taʼmirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 6-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish;
koʻp xonadonli uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari sifatini monitoring qilish;
koʻp xonadonli uy-joylarni mavsumiy foydalanishga tayyorlashni muvofiqlashtirish va monitoring qilish;
respublikamizning koʻp xonadonli uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlarining Dastur amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini har chorakda eshitish;
Dastur parametrlariga, zarur hollarda, asoslangan oʻzgartish va aniqliklar kiritish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Dasturni amalga oshirish doirasida bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlari sifatining, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishining davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ bilan birgalikda navbatdagi yil uchun moddiy balanslarni ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining asoslangan talabnomalari boʻyicha Dasturni amalga oshirish uchun sement va metall prokatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar hamda tartibga solinadigan narxlar asosida oʻrnatilgan tartibda ajratishni nazarda tutsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-aprel,
PQ-2922-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qaroriga 1-ILOVA
2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondining umumiy foydalaniladigan joylarini kapital va joriy taʼmirlash
* Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash natijalariga koʻra aniqlanishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qaroriga 2-ILOVA
2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish
* Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash natijalariga koʻra aniqlanishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qaroriga 3-ILOVA
2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondining lift uskunalarini taʼmirlash va almashtirish
* Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash natijalariga koʻra aniqlanishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qaroriga 4-ILOVA
Koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va taʼmirlash tizimini takomillashtirishga doir
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qaroriga 6-ILOVA
Koʻp xonadonli uy-joy fondini taʼmirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilish boʻyicha Respublika komissiyasi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga