PF-5022-son Farmon · 20.04.2017

Iqtisodiy nochor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5022
  • Qabul qilingan sana:20.04.2017
  • Kuchga kirgan sana:01.05.2017
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 17

Bankrot korxonalar faoliyatini jadal surʼatlarda tiklash hamda tijorat banklari tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida ular mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, shuningdek iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Belgilansinki:

tijorat banklari ular tomonidan avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida mulk sifatida qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida bank va uning boshqaruv kompaniyalarining ishtirok ulushi 100 foizgacha boʻlgan yangi korxonalar tashkil etish huquqiga ega;

2017-yilning 1-iyulidan boshlab bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish tanlov savdolarida amalga oshiriladi, bunda tijorat banklari oʻrtasida kim oshdi savdolari oʻtkazilmaydi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining tijorat banklari tomonidan sotiladigan korxonalar, ularning ustav fondlaridagi ulushlar, avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangidan tashkil etilgan korxonalar boʻyicha sotib olish toʻlovlarini salohiyatli investorlar tomonidan bir yoʻla yoki sotib olish summasining qoldigʻiga foizlar hisoblamasdan boʻlib-boʻlib toʻlash, shuningdek sotib olish toʻlovlari toʻliq toʻlangunga qadar tasarruf etish huquqisiz amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti tomonidan koʻchmas mulk obyektlarining xatlovi oʻtkazilganligi natijasida:

avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan hamda ular negizida tijorat banklari tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishi koʻzda tutilgan koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;

obyektlari boʻyicha tijorat banklari oldidagi qarzdorliklarni undirish yuzasidan yuritilayotgan ijro ishi yakunlariga koʻra tijorat banklari tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish yoʻli bilan kelgusida ulardan samarali foydalanishga qaratilgan choralar amalga oshiriladigan alohida korxonalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;

ishlab chiqarish maydonlarida istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tijorat banklari va mulk egalari bilan birgalikda moliyaviy sogʻlomlashtiriladigan korxonalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq shakllantirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

4. Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki bilan birgalikda:

ikki oylik muddatda mazkur Farmonning 1-ilovasiga muvofiq roʻyxat boʻyicha avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi yuzasidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish “yoʻl xaritalari” va tarmoq jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish boʻyicha Respublika komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiya) kiritsin;

ijro ishi tamomlanishiga koʻra, mazkur Farmonning 2-ilovasida koʻzda tutilgan korxonalarning tijorat banklari mulkiga oʻtkazilgan koʻchmas mulk obyektlaridan kelgusida samarali foydalanish yuzasidan Respublika komissiyasiga takliflar — “yoʻl xaritalari”ni taqdim etsin;

avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish boʻyicha takliflarni muntazam ravishda Respublika komissiyasi muhokamasiga kiritib borsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:

ikki oylik muddatda tijorat banklari bilan birgalikda mazkur Farmonning 3-ilovasida koʻzda tutilgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasini — “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va Respublika komissiyasi muhokamasiga kiritsin;

mazkur Farmonning 1, 2 va 3-ilovalarida koʻrsatilgan choralarning amalga oshirilishi yuzasidan ularni asosan 2017 — 2018-yillarda amalga oshirilishini nazarda tutgan holda nazorat oʻrnatsin;

manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda har yili 1-iyulga qadar iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritilishini taʼminlasin;

iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin va natijalarini Respublika komissiyasi muhokamasiga kiritsin;

6. Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish boʻyicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari hamda vakolatlari etib belgilansin:

iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;

bankrot korxonalarning mulklari hamda avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining “yoʻl xaritalari” va tarmoq jadvallarini tasdiqlash;

konkurs savdolari orqali tijorat banklariga sotilishi belgilangan bankrot korxonalar roʻyxatini aniqlash;

tijorat banklari tomonidan korxonani qayta tiklash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni taʼminlash majburiyatini qabul qilish sharti bilan tijorat banklariga bankrot korxonalarni sotish boʻyicha tanlov savdolarining shartlari va natijalarini tasdiqlash;

bankrot korxonalarni investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” xarid qiymatida tijorat banklariga sotish boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazish va qaror qabul qilish;

qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining tijorat banklari tomonidan bajarilishi, korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi hamda ularni keyinchalik yangi mulkdorlarga sotilishi yuzasidan monitoring natijalarini koʻrib chiqish;

tijorat banklari tomonidan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash va investitsiya kiritish boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda bajarilmaganda shartnomalarni oʻrnatilgan tartibda bekor qilish yuzasidan qaror qabul qilish;

tijorat banklari shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda investitsiyalar kiritish va bankrot korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ushbu bank bilan oldi-sotdi shartnomasini oʻrnatilgan tartibda bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

7. Avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida tijorat banklari tomonidan yangi tashkil etilgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarorining toʻrtinchi bandi ikkinchi xatboshisida koʻzda tutilgan foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi toʻlash boʻyicha imtiyozlar tatbiq etilsin.

8. Tijorat banklariga berilgan bankrot korxonalar mulklari, shuningdek avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi tashkil etilgan xoʻjalik subyektlari tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun olib kelinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar 2019-yil 1-aprelga qadar muddatga bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 20-aprel,

PF-5022-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga 1-ILOVA

Avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan hamda ular negizida tijorat banklari tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishi koʻzda tutilgan koʻchmas mulk obyektlari

* Texnik xatlov va yangi kadastr hujjatlari tayyorlash jarayonida aniqlik kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga 2-ILOVA

Obyektlari boʻyicha tijorat banklari oldidagi qarzdorliklarni undirish yuzasidan yuritilayotgan ijro ishi yakunlariga koʻra tijorat banklari tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish yoʻli bilan kelgusida ulardan samarali foydalanishga qaratilgan choralar amalga oshiriladigan alohida korxonalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga 3-ILOVA

Ishlab chiqarish maydonlarida istiqbolli investitsiya loyihalari amalga oshirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tijorat banklari va mulk egalari bilan birgalikda moliyaviy sogʻlomlashtiriladigan korxonalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga 4-ILOVA

Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish boʻyicha Respublika komissiyasining

Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning oʻrniga mazkur lavozimga tayinlangan yangi shaxslar yoki uning vazifalari yuklatilgan shaxslar tarkibga kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmoniga 5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida:

a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidan “auksion va” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

v) ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-fevraldagi PF-4424-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida”gi Farmoni ilovasining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-ilovasining 8-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoyishi:

a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidan “auksion va” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) 1-ilovada:

ilova nomidan, 1 va 3-bandlar, 6-bandning birinchi xatboshisi, 7-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshilaridan “auksion va” soʻzlari chiqarib tashlansin;

2-bandda:

ikkinchi xatboshidan “mulki” soʻzlari chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

II boʻlim, 38 va 39 bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

v) 2-ilovadagi:

5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5. Komissiyaning asosiy vazifalari va vakolatlari quyidagilar hisoblanadi:

iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;

bankrot korxonalarning mulklari hamda avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining “yoʻl xaritalari” va tarmoq jadvallarini tasdiqlash;

konkurs savdolari orqali tijorat banklariga sotilishi belgilangan bankrot korxonalar roʻyxatini aniqlash;

tijorat banklari tomonidan korxonani qayta tiklash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishni taʼminlash majburiyatini qabul qilish sharti bilan tijorat banklariga bankrot korxonalarni sotish boʻyicha tanlov savdolarining shartlari va natijalarini tasdiqlash;

bankrot korxonalarni investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” xarid qiymatida tijorat banklariga sotish boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazish va qaror qabul qilish;

qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining tijorat banklari tomonidan bajarilishi, korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi hamda ularni keyinchalik yangi mulkdorlarga sotilishi yuzasidan monitoring natijalarini koʻrib chiqish;

tijorat banklari tomonidan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash va investitsiya kiritish boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda bajarilmaganda shartnomalarni oʻrnatilgan tartibda bekor qilish yuzasidan qaror qabul qilish.

tijorat banklari shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda investitsiyalar kiritish va bankrot korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklash boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda ushbu bank bilan oldi-sotdi shartnomasini oʻrnatilagn tartibda bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish”.

6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

iqtisodiy nochor, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;

konkurs savdolari oʻtkazishda tijorat banklariga bankrot korxonalar yoki ularning mulklarini sotish shartlarini tasdiqlash;

bankrot korxonalar yoki ularning mulklarini konkurs savdolarida “nol” xarid qiymatida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish orqali sotish boʻyicha konkurs hujjatlarini tasdiqlash;

bankrot korxonalar yoki ularning mulklarini “nol” xarid qiymatida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish orqali tijorat banklariga sotish boʻyicha konkurs savdolarini oʻtkazish va qaror qabul qilish;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, korxonalar mutaxassislari va konsalting, baholash, audit va boshqa sohasidagi ekspertlarini ekspert guruhi ishiga jalb etgan holda konkurs takliflarini ishlab chiqish uchun ekspert guruhlarini tashkil etish;

bankrot korxonalarni konkurs savdolarida tijorat banklariga, ular tomonidan ishlab chiqarishlarni tiklash, modernizatsiya qilish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan majburiyatlarni qabul qilgan holda sotish boʻyicha natijalarni tasdiqlash;

IV boʻlimning nomidan “auksion va” soʻzlari chiqarib tashlansin;

8-bandda:

birinchi xatboshidan “auksion va” soʻzlari chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“bankrot korxonaning kreditorlik qarzdorligi tarkibidagi soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan hamda ish haqi toʻlovlaridan boʻlgan qarzdorlik 50 foizidan yuqori boʻlsa”;

ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

19-bandda:

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “auksion” soʻzlari “konkurs” soʻzi bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

beshinchi xatboshidagi “auksion” soʻzi “konkurs” soʻzi bilan almashtirilsin;

oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;

sakkizinchi xatboshidan “auksion va” soʻzlari chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.