PF-5040-son Farmon · 10.05.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5040
  • Qabul qilingan sana:10.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:15.05.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 19

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 10-may,

PF-5040-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-maydagi PF-5040-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoni bilan tasdiqlangan Xorijiy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandidan “yoki qamoqqa” soʻzlari chiqarib tashlansin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmonida:

a) 1-ilovaning 31-bandi birinchi xatboshisidan “yoxud qamoqqa” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) 2-ilovaning 25-bandi birinchi xatboshisidan “yoxud qamoqqa” soʻzlari chiqarib tashlansin.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-sentabrdagi PF-5821-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 06/19/5821/3748-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.