PQ-2966-son Qaror · 11.05.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2966
  • Qabul qilingan sana:11.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:13.05.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 20

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 11-maydagi PF-5041-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

(1 — 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi qoshidagi Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi etib (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) qayta tashkil qilinsin.

5. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparatini — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Jamgʻarma mablagʻlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalarini — Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;

Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasini, Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazini, Oʻrmon xoʻjaligi texnikumini — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;

Milliy tabiat bogʻlari, davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonalari, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalarini — Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari, Jamgʻarma mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutini, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filiali, Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi, Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsiya markazini — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar;

“Oʻrmonloyiha” loyihalash institutini, “Oʻrmonqurilish” davlat unitar korxonasini, “Oʻrmontexnoservis” davlat unitar korxonasini — budjetdan tashqari mablagʻlar moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi PQ-4960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2021-y., 07/21/4960/0053-son)

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparati taʼminoti xarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin, 2017-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.

7. Quyidagilar:

2017 — 2021-yillarda oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, tarmoqqa ilgʻor fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yangilash, xalqaro grantlarni tarmoqqa jalb etish chora-tadbirlari Dasturi 7-ilovaga muvofiq;

2017 — 2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimida oʻrmon maydonlarini kengaytirish (rekonstruksiya qilish), koʻchatlar yetishtirish, dorivor oʻtlar yigʻish, chorva mollari uchun yaylov maydonlari ajratish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha chora-tadbirlar 8-ilovaga* muvofiq;

2017 — 2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat oʻrmon xoʻjaliklari kesimida oʻrmon maydonlarni kengaytirish (rekonstruksiya qilish), koʻchatlar yetishtirish, dorivor oʻtlar yigʻish, chorva mollari uchun yaylov maydonlari ajratish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish boʻyicha chora-tadbirlar 9 — 19-ilovalarga* muvofiq;

2017 — 2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat oʻrmon xoʻjaliklari kesimida oʻrmonlarni yaratish va ekish materiallarini yetishtirish boʻyicha chora-tadbirlar 9a — 19a-ilovalarga* muvofiq;

2017 — 2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat oʻrmon xoʻjaliklari kesimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari 9b — 19b-ilovalarga* muvofiq;

2017 — 2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat oʻrmon xoʻjaliklari kesimida asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik va sanoat mahsulotlari yetishtirish, shuningdek, aholiga pullik xizmat koʻrsatish prognoz koʻrsatkichlari 9v-, 19v-ilovalarga* muvofiq;

2017 — 2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat oʻrmon xoʻjaliklari kesimida dorivor oʻsimliklar yetishtirish va tayyorlash prognoz koʻrsatkichlari 9g — 19g-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari rahbarlari zimmasiga 7* — 19 ilovalarda* koʻrsatilgan tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishini tashkil etish yuzasidan masʼuliyat yuklansin.

(7-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

8. 2017 — 2021-yillarda oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan manzarali va mevali daraxtlarning nihol va koʻchatlarini yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari 20-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.

* 8 — 20-ilovalar berilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari ikki oy muddatda 20-ilovaga* muvofiq 2017 — 2021-yillarda oʻrmon xoʻjaliklarida manzarali va mevali daraxtlarning nihol va koʻchatlarini yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlarini bajarish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi rahbariga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritsin.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)

10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:

ikki oy muddatda oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari, kasb-hunar kollejlarida oʻrmon xoʻjaligi texnigi mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni inobatga olgan holda, oʻrmon xoʻjaligi tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha oʻquv rejalar va dasturlarni tanqidiy koʻrib chiqsin, taʼlim standartlari, oʻquv rejalar va dasturlarni zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, belgilangan tartibda yangi tahrirda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab joriy etsin;

bir oy muddatda jadval ishlab chiqilsin hamda zamonaviy talablar va xalqaro tajribani inobatga olgan holda, kasb-hunar kollejlarida “oʻrmon xoʻjaligi texnigi” mutaxassisligi boʻyicha oʻqitiladigan maxsus fanlar boʻyicha yangi darslik va oʻquv qoʻllanmalari tayyorlash va chop etishni taʼminlasin;

oʻrmon xoʻjaligi uchun kadrlar tayyorlayotgan kasb-hunar kollejlarini yoʻnalish boʻyicha maxsus bilimga ega malakali oʻqituvchilar bilan mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratsin;

oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini bevosita tanlagan mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashishiga yordam bersin va nazoratni kuchaytirsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining oʻquv jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlash, zarur oʻquv ishlab chiqarish bazasini shakllantirish maqsadida kasb-hunar kollejlarini 21-ilovaga muvofiq shartnoma asosida muayyan davlat oʻrmon xoʻjaliklariga biriktirish haqidagi takliflari qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi biriktirilgan kasb-hunar kollejlarini ularga zarur boʻlgan oʻquv-metodik materiallar, asbob-uskunalar, avvalambor laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi bilan jihozlash, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy va innovatsion davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirishda ularga quyidagilarni nazarda tutgan holda, ilmiy loyihalarning kiritilishini taʼminlasin:

(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlariga toʻliq moslashgan noyob manzarali, mevali daraxtlar, butalar va dorivor oʻsimliklarning kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi, eksportbop navlarini yaratish;

oʻrmon fondi yerlarida daraxt koʻchatlarini ekish, parvarishlash, hosilini yigʻib-terib olish va boshqa agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha yangi turdagi qishloq xoʻjaligi texnikasi, agregat va asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish.

13. “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va “Oʻzagrolizing” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining buyurtmanomalari boʻyicha oʻrmon fondi yerlarida oʻrmonlarni koʻpaytirish maqsadida daraxt koʻchatlarini ekish va parvarishlash, oʻrmon-meva mahsulotlari hosilini yigʻib olish, shuningdek, boshqa agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan texnika, agregat va asbob-uskunalarning belgilangan tartibda ishlab chiqarilishini va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga lizing asosida yetkazib berilishini taʼminlasin.

(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)

14. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlarida hosildorlikni koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota daraxtzorlari barpo etish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taklif kiritsin;

oʻrmon xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, oliy taʼlim muassasalarini oʻrmon xoʻjaligi mutaxassisliklari boʻyicha tamomlagan yosh mutaxassislarni sohaga jalb etish mexanizmini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomni;

viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni;

Davlat qoʻriqxonalari, milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni;

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti haqidagi nizomni tasdiqlasin.

16. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Olimlar koʻchasi 62-uy manziliga joylashtirilsin.

(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 07/26/135/0343-son)

17. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini zarur telekommunikatsiyalar, Internet axborot tarmogʻiga kirish va telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat telefon aloqasi bilan belgilangan tartibda taʼminlasin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 11-may,

PQ-2966-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)

(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)

(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qaroriga5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi davlat oʻrmon xoʻjaliklarining

Izoh:

Xodimlarning cheklangan umumiy soni oʻrmon xoʻjaligi maydoni, ish hajmidan kelib chiqqan holda — 47dan 625 nafargacha, shulardan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan — 40 dan 606 nafargacha boʻlgani moliyalashtiriladi.

* budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi (Burchmulla va Ohangaron oʻrmon xoʻjaliklaridan tashqari).

** oʻrmon xoʻjaligi hududida chegara bilan bogʻliq qonun ustuvorligini taʼminlash, masalalarini hal yetish boʻyicha mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari boʻyicha ishni amalga oshiradi.

*** oʻrmon xoʻjaligi hududida harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlik qilishni, shuningdek, rejim-quriqlash tadbirlarini tashkil qilishni amalga oshiradi.

**** daraxtlar, butalarni noqununiy kesish oʻrmon qonunchilining boshqa noqonuniy buzilishlariga qarshi kurashish, oʻrmonlardan foydalanish normalari va hajmlariga rioya etish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi.

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PF-81-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 06/23/81/0320-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qaroriga7-ILOVA

2017 — 2021-yillarda oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini samarali tashkil etish, tarmoqqa ilgʻor fan-texnika yutuqlarini joriy etish, moddiy-texnika bazasini yangilash, xalqaro grantlarni tarmoqqa jalb etish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qaroriga21-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi davlat oʻrmon xoʻjaliklariga kasb-hunar kollejlarini

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.