F-4969-son Farmoyish · 20.06.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmoyish
  • Raqami:F-4969
  • Qabul qilingan sana:20.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:27.06.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 25

Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining mustahkam kafolati sifatida yurtimizda bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, Oʻzbekistonning xalqaro maydonda munosib oʻrin egallashi borasida asosiy poydevor boʻlib kelmoqda.

Mamlakatimizda Konstitutsiyamizda belgilab berilgan qoida va tamoyillar negizida samarali milliy qonunchilik tizimi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanib, hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani, davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalib, xalqimizning ongu tafakkuri tobora oʻsib borayotgani ayniqsa ahamiyatlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuygʻusini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining yigirma besh yillik sanasini keng nishonlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarning mamlakatimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlarini, keng jamoatchilikni faol jalb etgan holda, yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash;

davlat idoralari va muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga doir faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining norma va tamoyillari hayotga tatbiq etilishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga huquqiy zamin boʻlib xizmat qilayotgan Asosiy Qonunimizning ahamiyatini hayotiy misollar bilan ochib berishga bagʻishlangan turkum tadbirlarni tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash.

3. Tashkiliy qoʻmita:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari va hajmini belgilasin;

oʻn kun muddatda Dasturda belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va yuqori saviyada amalga oshirish uchun tegishli ishchi guruhlar tarkibi, kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirishga kirishsin.

4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagʻishlangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 20-iyun,

F-4969-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi F-4969-sonli farmoyishiga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-sentabrdagi PF-5194-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyundagi F-4969 farmoyishiga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari lavozimi boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiradi.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.