PQ-3098-son Qaror · 27.06.2017

Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3098
  • Qabul qilingan sana:27.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:10.07.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 27

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini toʻliq butlash va raqamli telesignal uzatishning texnik va texnologik tizimiga oʻtkazilishini yakunlash, uni eng ilgʻor multimediya uskunalari bilan jihozlashni taʼminlash maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-oktabrdagi “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 340-sonli qarori bilan, zarur uskuna va dasturiy taʼminotga (markaziy apparatni, yangiliklar va virtual studiyalarni kompleks arxivlash) texnik talablarni nazarda tutgan holda, “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangan;

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan “BFE Studio und Medien Systeme Gmbh” (Germaniya) kompaniyasi bilan barcha uskunalar kompleksini yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha 18,0 mln. yevro miqdorida import shartnomasi tuzilgan va uni amalga oshirish boʻyicha ishlar boshlangan.

2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlash” loyihasi doirasida (keyingi oʻrinlarda — loyiha) qoʻshimcha uskunalar, ishlar va xizmatlarni, roʻyxat boʻyicha xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifi ilovaga muvofiq maʼqullansin.

3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi:

bir oy muddatda “VFE Studio und Medien Systeme Gmbh” (Germaniya) kompaniyasi bilan, uskunalar yetkazib berilgan kundan boshlab, bir yil mobaynida tegishli kafolat muddatlari va kafolatdan keyingi texnik xizmat va loyihaga ekspert hamrohlik qilish taqdim etilishini hisobga olgan holda, 2018-yilning 1-yanvarigacha ishlarni toʻliq topshirishni nazarda tutgan, qoʻshimcha yetkazib berilayotgan uskunalarning barcha kompleksini yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish boʻyicha import kontraktiga qoʻshimcha bitim tuzsin;

ikki oy muddatda vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishilgan holda loyihaning tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisob-kitobiga boʻlgan oʻzgartirishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi, “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi loyiha doirasida avval berilgan Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati va kredit bitimiga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartishlarni kiritsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-iyundagi “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-2553-sonli qarorining:

a) 2-bandi va 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “18,0 mln yevro” soʻzlari “22,5 mln yevro” soʻzlariga almashtirilsin;

b) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “2017-yilning 1-oktabrigacha” soʻzlari “2018-yilning 1-mayigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.

6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 27-iyun,

PQ-3098-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PQ-3098-son qaroriga ILOVA

“Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimedia uskunalari bilan jihozlash” loyihasi doirasida qoʻshimcha uskunalar, ishlar va xizmatlar

Izoh: Yakuniy qiymat Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda import shartnomasi ekspertiza qilingandan keyin aniqlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.