[Koʻchirma]
Mamlakatimiz kino sanʼati bir asrdan ziyod tarixga ega boʻlib, oʻziga xos taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. Bu davr mobaynida oʻzbek kinosining poydevori yaratilib, u xalqimizning madaniy-maʼnaviy hayotida muhim oʻrin egalladi.
Mustaqillik yillarida milliy kinematografiya rivojiga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan katta eʼtibor natijasida sohada muayyan yutuqlarga erishildi. Mazmun va shakl jihatidan rang-barang kino asarlar yaratilib, ular tomoshabinlar eʼtiborini qozondi.
Ayni vaqtda bugun jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ustuvor vazifalari barcha soha va tarmoqlar qatorida kino sanʼati faoliyatini ham takomillashtirish, soha rivoji uchun yangi imkoniyatlar yaratishni talab etmoqda.
Qayd etish kerakki, kinematografiya sohasida normativ-huquqiy bazaning mukammal emasligi, kino ishlab chiqaradigan yetakchi korxonalar, jumladan “Oʻzbekfilm”, “Qoraqalpoqfilm” hamda “Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar” kinostudiyalarining moddiy-texnika bazasi jismoniy va maʼnaviy jihatdan eskirgani, kinofilmlarni moliyalashtirish tizimining bugungi kun talablariga javob bermasligi, kinoteatrlar va malakali kadrlar yetishmasligi soha rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga asoslanib, xalqimiz, avvalo, yoshlar ongiga milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona-Vatanga muhabbat tuygʻularini singdirishda katta taʼsir kuchiga ega boʻlgan kino sanʼatining rolini oshirish, “Oʻzbekkino” Milliy agentligining faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi uchun davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish yillik ishlab chiqarish hajmlarining quyidagi prognoz koʻrsatkichlari belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
2018-yilda — 20 ta, 2020-yildan boshlab — 30 tadan toʻliq metrajli badiiy filmlar ishlab chiqarish;
2018-yilda — 40 qismdan iborat 20 ta, 2019-yilda — 50 qismdan iborat 25 ta va 2020-yildan boshlab — 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv-uslubiy filmlar, kinosolnomalar, kinojurnallar ishlab chiqarish;
multiplikatsion filmlarni 2018-yilda 15 ta, 2022-yildan boshlab har yili 50 tadan ishlab chiqarish;
yosh kino ijodkorlarning 10 soatdan iborat qisqa metrajli filmlari, bolalar uchun yumoristik kinojurnallar suratga olish;
davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlarni jahon bozoriga chiqarish va festivallarda namoyish etish uchun chet tillarga subtitrlashtirish va dublyaj qilish;
milliy kinematografiyaning eng sara asarlarini tiklash, restavratsiya qilish va zamonaviy formatga oʻtkazish.
2-1. Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligiga, zarur hollarda, asoslangan hisob-kitoblariga koʻra, davlat buyurtmasi uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan quyidagi maqsadlar uchun mablagʻlar ajratishga ruxsat berilsin:
respublika, hududiy va xalqaro ahamiyatga ega madaniy-ijtimoiy kino tadbirlarini tashkil etish, oʻtkazish, milliy filmlarni xorijda keng targʻib qilish va xalqaro kinofestivallardagi ishtirokini taʼminlash;
yosh, isteʼdodli va istiqbolli kino ijodkorlarini yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida tayyorlash, ularning malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligiga tizimidagi kinematografiya tashkilotlarini modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, shu jumladan filmlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy kino texnologiyalari, asbob-uskunalari, jihozlarni xarid qilish.
(2-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
3. Milliy kinematografiya sanʼatini zamon talablari asosida rivojlantirish, yosh kino ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi huzurida Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etilsin va uning mablagʻlarini shakllantirishning manbalari etib quyidagilar belgilansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
davlat buyurtmasi va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ishlab chiqarilgan filmlarning kinoprokatidan tushadigan mablagʻlar;
davlat buyurtmasi va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ishlab chiqarilgan filmlarni namoyish etish mobaynida joylashtiriladigan tijorat eʼlonlaridan tushadigan mablagʻlarning 10 (oʻn) foiziga teng miqdordagi majburiy ajratmalar;
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini qonun hujjatlariga muvofiq bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi tomonidan kino va boshqa madaniy-ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatidan olinadigan daromadlar;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 2017 — 2019-yillarda respublika hududlarida zamonaviy kinoteatrlar (keyingi oʻrinlarda — kinoteatrlar) tarmogʻini barpo etish (qurish) toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)
5. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzshaharsozlik LITI” DUK bilan birgalikda texnik topshiriq va xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini har tomonlama oʻrganish asosida 2018-yilning 1-yanvarigacha maydonlarida zamonaviy kinozallar (2-qavat) va savdo-koʻngilochar obyektlar (1-qavat) joylashtirilishini nazarda tutgan holda, kinoteatrlarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)
7. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
kinematografiya sohasida kadrlarni qayta tayyorlash maqsadida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi qoshida atoqli kino ijodkorlar dars beradigan malaka oshirish kurslarini va “Mahorat maktablari”ni tashkil etish;
mamlakatimizning yosh, isteʼdodli va istiqbolli kino ijodkorlari malakasini oshirish maqsadida ularning tegishli yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida muntazam ravishda tahsil olishiga zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan 2018-yilning 1-yanvariga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Belgilab quyilsinki, mazkur bandda koʻrsatilgan chora-tadbirlar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining “Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari 1 tadan “Damas” rusumli avtomashina bilan taʼminlansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining markaziy apparati, “Qoraqalpoqkino” agentligi va hududiy boʻlimlarini saqlash, shuningdek, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasini saqlash xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
milliy kino mahsulotlarini yaratishning belgilangan yillik ishlab chiqarish hajmlarining prognoz koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi markaziy apparatiga 3 ta shaxsan biriktirilgan va 1 ta navbatchi xizmat avtotransportini saqlash uchun limit ajratsin;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
“Respublika kinofondi” davlat unitar korxonasining faoliyatini, 2020-yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtish sharti bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida ijtimoiy sohaga nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yilgi parametrlari doirasida “Qoraqalpoqkino” agentligi, viloyatlar Toshkent shahar hududiy boʻlimlarini 1 tadan “Damas” rusumli avtomashina bilan taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligiga ajratsin.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
11. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishli tashabbuskorlar — tadbirkorlik subyektlari tomonidan kinoteatrlarni barpo etish (qurish), ularni jihozlash va faoliyatini boshlashning aniq muddatlarini nazarda tutgan holda kinoteatrlar tarmogʻini 2017 — 2019-yillarda respublika hududlari boʻyicha barpo etish (qurish) jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)
yagona repertuar siyosatini olib borish maqsadida umum respublika kino prokati konsepsiyasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va 2018-2019-yillarda amalga oshirsin;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-sentabrdagi PQ-3292-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 07/17/3292/0029-son)
davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kinofilmlarning gʻoyaviy-badiiy saviyasi, mazmun-mohiyati hamda professional darajasini oshirish maqsadida soha namoyandalari, tajribali yetuk mutaxassislardan iborat Badiiy kengash tarkibini shakllantirib, uning Nizomini ishlab chiqsin hamda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda tasdiqlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda:
mazkur qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgan, shu jumladan, Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin;
13. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-avgust,
PQ-3176-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 06/21/6202/0342-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi PQ-3176-son qaroriga7-ILOVA
Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 5 nafar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga