PF-3502-son Farmon · 15.10.2004

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3502
  • Qabul qilingan sana:15.10.2004
  • Kuchga kirgan sana:15.10.2004
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 42

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmoniga muvofiq hamda yerdan foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasidagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, yerdan oqilona foydalanishni taʼminlash va yer munosabatlarini tartibga solish, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi tugatilib, ularning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (Oʻzdavyergeodezkadastr) tashkil qilinsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi PF-5065-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 415-modda)

3. Belgilansinki, Oʻzdavyergeodezkadastr qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.

4. Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga bajariladigan yer-kadastr, yer tuzilishi, tuproq va geobotanika sohasidagi ishlar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etilishi belgilab qoʻyilsin.

5. “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 24-iyuldagi PF–2059-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.

7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2004-yil 15-oktabr,

PF-3502-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.