PQ-3190-son Qaror · 09.08.2017

Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3190
  • Qabul qilingan sana:09.08.2017
  • Kuchga kirgan sana:14.08.2017
  • Holati:Amalda

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, aholi va hududlarni seysmik xavfdan himoya qilish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, seysmologiya va seysmik chidamli qurilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini jahon talablari darajasida oʻtkazish uchun shart-sharoitlar yaratish, yer qobigʻi shakli jiddiy oʻzgarishini kuzatuvchi, seysmik xavfni baholovchi va zilzilalarni prognoz qiluvchi stansiyalar tarmogʻining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining seysmologiya, seysmik chidamli qurilish va seysmik xavfsizlik sohasidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining (keyingi oʻrinlarda — Seysmologiya instituti deb yuritiladi). M.T. Urazbayev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining eksperimental bazasini zamon talablari darajasida modernizatsiyalash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

Seysmologiya, binolar va inshootlarini seysmik chidamli qilib qurish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududlarning seysmik xavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Fanlar akademiyasi prezidenti B. Yoʻldoshev, favqulodda vaziyatlar vaziri R. Joʻrayev, innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov, Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktori S. Xusomiddinov, Fanlar akademiyasi Mexnika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti R. Abirov zimmasiga 1-ilovada nazarda tutilgan tadbirlarning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.

2. Quyidagilar:

Seysmologiya instituti (S. Xusomiddinov) — turli miqyosda seysmik tahlil va xavfni baholash hamda tumanlarga boʻlish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish uchun javobgar davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi;

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti (R. Abirov) — tuproq ustida quriladigan inshootlarning seysmik chidamliligi muammolari boʻyicha tadqiqotlar olish borish, seysmik xavfni baholash va kamaytirish uchun javobgar davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi;

Seysmoprognostik monitoring respublika markazi (K. Kuchkarov) — respublika va transchegaraviy zonalar hududida seysmik xavf ustidan monitoring oʻtkazish uchun javobgar davlat muassasasi;

“ToshuyjoyLITI” AJ (A. Azizov) — binolar va inshootlarning seysmik chidamliligi muammolari boʻyicha tadqiqotlar olib borish, aholi punktlariga oid yangi asosiy rejalarning seysmik xavfini baholash, ularni loyihalashtirishning samarali amaliy tizimlari va usullarini ishlab chiqish, shaharlardagi mavjud imoratlar binolarining seysmik ishonchliligi, standartlashtirish, binolar va inshootlarning seysmik xavfini kamaytirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish uchun javobgar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari etib belgilansin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklansin:

(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)

seysmologiya, seysmik chidamli qurilish va seysmik xavfsizlik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish va muvofiqlashtirish;

seysmologiya va seysmik chidamli qurilish sohasidagi ilmiy loyihalarning va ular natijalarining ilmiy-texnik ekspertizasini tashkil etish;

fan, taʼlim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

respublika tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalar asosida yangi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar natijalarining amaliyotga tatbiq etilishiga koʻmaklashish;

yuksak ilmiy natijalarga erishgan va fan rivojiga munosib hissa qoʻshgan olimlarni, shu jumladan, yosh ilmiy xodimlarni qoʻllab-quvvatlash;

seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda respublika aholisi va hududning seysmik xavfsizligi masalalari bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarini moddiy-texnik taʼminlash uchun homiylik begʻaraz yordamlarini jalb qilishga koʻmaklashish.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (M. Boltaboyev) bir oy muddatda Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududning seysmik xavfsizligi boʻyicha idoralararo ilmiy-texnik kengash toʻgʻrisidagi Nizom ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Moliya vazirligining:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining moddiy-texnik bazasini 3-ilovaga* muvofiq, roʻyxat boʻyicha xarid qilinadigan ilmiy-texnik asbob-uskunalar bilan mustahkamlash toʻgʻrisidagi;

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T. Urazbayev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining moddiy-texnik bazasini 4-ilovaga* muvofiq, roʻyxat boʻyicha xarid qilinadigan ilmiy-texnik asbob-uskunalar bilan mustahkamlash toʻgʻrisidagi;

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining seysmologik va prognostika stansiyalarini yanada modernizatsiyalash hamda 5-ilovaga* muvofiq, roʻyxat boʻyicha zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar va hisoblash texnikasi vositalari bilan toʻliq taʼminlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

* 3 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” DUK (X. Yusupov) Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi buyurtmanomalari boʻyicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qarorning 3, 4, va 5-ilovalarida koʻrsatilgan ilmiy asbob-uskunalar hamda hisoblash texnika vositalari belgilangan tartibda xarid qilinishini amalga oshirsin.

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son)

8. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, ushbu qarorning 3, 4, va 5-ilovalarida koʻrsatilgan ilmiy asbob-uskunalar hamda hisoblash texnikasi vositalari xarid qilinishi bilan bogʻliq xarajatlar quyidagilar hisobidan qoplanishi belgilab qoʻyilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 7-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 256-sonli qarorning 2-bandiga muvofiq, ilmiy muassasalar obyektlarini sotishdan tushadigan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mablagʻlari;

Seysmologiya institutining hamda Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjetdan tashqari mablagʻlari;

Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;

(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda— Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)

9. Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqarilmaydigan, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi uchun “Oʻzmaxsusimpeks” davlat korxonasi tomonidan olib kiritiladigan, ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida koʻrsatilgan ilmiy asbob-uskunalar va hisoblash texnikasi vositalari 2019-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlaridan bojxona rasmiylashtiruvchi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi (M. Mirzayev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi “Oʻztextreyd” DUK tomonidan ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida koʻrsatilgan roʻyxatlarga muvofiq olib kiriladigan ilmiy asbob-uskunalardan va hisoblash texnikasi vositalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son)

Ushbu qarorning 3, 4, 5-ilovalarida koʻrsatilgan roʻyxatlarga muvofiq, olib kirilgan ilmiy asbob-uskunalardan va hisoblash texnikasi vositalaridan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, bojxona imtiyozlari taqdim etilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida yanvarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar qoʻllangan holda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undirilishi belgilab qoʻyilsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yoʻldoshev va favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 9-avgust,

PQ-3190-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3190-son qaroriga 1-ILOVA

Seysmologiya, binolar va inshootlarni seysmik chidamli qilib qurish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.