Madaniyat va sanʼat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, shu sohada mehnat qilayotgan, oʻzining badiiy, ijtimoiy-siyosiy ruhdagi ijodiy asarlari bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, oʻzaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshayotgan shoir va yozuvchilar, rassomlar, madaniyat va sanʼat xodimlari, jurnalistlar mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shaharlarda barpo etiladigan koʻp kvartirali arzon uylar hamda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan arzon uy-joylarga muhtoj fuqarolar roʻyxatini belgilangan tartibda shakllantirishda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar, Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzolari va xodimlari, jumladan, ushbu sohalardagi isteʼdodli va istiqbolli yoshlarning uy-joyga boʻlgan ehtiyoji inobatga olinsin.
2. Quyidagilar:
Ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlari nashr etilgani uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari — 1-ilovaga muvofiq;
ommaviy ijro uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik, adabiy asarlar yaratish boʻyicha buyurtmalarni bajargani uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy sanʼat asarlari yaratgani, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash ishlari uchun mualliflik haqi hamda dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq toʻlashning eng kam stavkalari, shuningdek, ushbu pul Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanganida uning eng yuqori stavkalari — 2-ilovaga muvofiq;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, televideniye va radio kanallari orqali beriladigan materiallar uchun haq toʻlashning eng kam stavkalari — 3-ilovaga muvofiq;
kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qoʻshiqlar matnini yaratgani uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari — 4-ilovaga muvofiq;
kinofilmlar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning eng kam stavkalari — 5-ilovaga muvofiq;
kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga koʻra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilgani uchun toʻlanadigan haqning eng kam stavkalari — 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Belgilansinki, mualliflik haqi va unga doir boshqa toʻlov turlarini ushbu qarorning 1 — 6-ilovalarida belgilangan darajadan kam miqdorda toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, ijodiy uyushmalar hamda mualliflik haqi va unga doir boshqa toʻlov turlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlaydigan tashkilotlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun sarflanadigan xarajatlarni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan budjet mablagʻlari doirasida boʻlishini qatʼiy taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-avgust,
PQ-3201-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga 1-ILOVA
Fan, adabiyot va sanʼat asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam
1. Bitta kitobning boshlangʻich narxi (qiymati)dan foiz stavkalari tarzida toʻlanadigan mualliflik haqining eng kam stavkalari
2. Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffitsiyent boʻyicha toʻlanadigan mualliflik haqining eng kam stavkalari
3. Asarlar reprografiyasi uchun A-4 (30 x 21 cm) oʻlchamli bitta sahifa uchun mualliflik haqining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori boʻyicha eng kam stavkalari
Izohlar:
1. Mualliflik tabogʻi — 40 000 bosma belgilarga, sheʼriy asarlarni nashr etishda 700 satrga, grafik materialni (rasmlar, diagrammalar, jadvallar, musiqa notalari va hokazolar) nashr etishda 3000 kv. santimetrga teng boʻlgan nashr etiladigan asar hajmini oʻlchash birligi. Harflar, tinish belgilari, raqamlar va boshqalar hamda soʻzlar oʻrtasidagi har bir oraliq bosma belgilar hisoblanadi.
2. Kitobning birlamchi narxi (qiymati) (mualliflik haqi foizlarda hisoblab chiqilganda) — kitoblar turkumini (tirajini) sotish uchun savdo shoxobchasiga berish kunida nashriyot tomonidan belgilangan kitobning narxi (sotuvchining savdo ustamasini hisobga olmasdan).
3. Tiraj normasi — nashr etishda mazkur ilovada yoki shartnomada nazarda tutilgan bir tarif stavkasi miqdorida mualliflik haqi toʻlanadigan kitoblar soni.
4. Oraliq tarjima — original asarning toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlmagan tarjimasi, yaʼni ilgari boshqa tilga tarjima qilingan asar matnini tarjima qilish.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga 2-ILOVA
Ommaviy ijro uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik, adabiy asarlar yaratish boʻyicha buyurtmalarni bajargani uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy sanʼat asarlari yaratgani, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash ishlari uchun mualliflik haqi hamda dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq toʻlashning eng kam stavkalari, shuningdek, ushbu pul Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanganida uning eng yuqori
1. Ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratishga buyurtmalarni bajarganlik uchun mualliflik haqi stavkalari
Izohlar:
1. Bir pardali opera, balet, operetta, musiqali komediya, musiqali dramaga asarning ahamiyatiga qarab haq toʻlash toʻliq miqdorining 45 foizidan 75 foizigacha haq toʻlanadi.
2. Simfonik va xalq, duxovoy va boshqa orkestrlar uchun instrumental ilovalarga original asar uchun haq toʻlash toʻliq miqdorining 50 foizigacha miqdorda haq toʻlanadi.
3. Xalq qoʻshiqlarini qayta ishlash va qoʻshiqlar aranjirovkasi uchun original asar uchun muallif haqi miqdorining 50 foizigacha miqdorda haq toʻlanadi.
2. Haykaltaroshlik asarlari, tasviriy sanʼat asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash uchun mualliflik haqi stavkalari
3. Dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq toʻlash stavkalari:
Izoh. Sahnalashtiruvchi guruh (sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, dirijor, sahnalashtiruvchi rassom, kiyimlar boʻyicha rassom) ushbu ilovada nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha haqni faqat birinchi sahnalashtirishi uchun oladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi kanallari orqali, televideniye va radioda beriladigan materiallar uchun haq toʻlashning eng kam
Izoh: Ushbu ilovaning maqsadlari uchun maxsus buyurtma (akkord) materiallar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda davlat organlarining maxsus buyurtmasi boʻyicha Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti (farmonlar, qarorlar, farmoyishlar, rasmiy tashriflar, safarlar, matbuot konferensiyalari, bayonotlar, maʼruzalar, uchrashuvlar, nutqlar), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, boshqa davlat organlari faoliyati toʻgʻrisida, shuningdek, muhim rasmiy tadbirlar, xalqaro voqealar toʻgʻrisida, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy, sport sohalaridagi muhim voqealar hamda chet ellarda sodir boʻlayotgan voqealar toʻgʻrisida yozilgan materiallar.
Televideniye va radioda beriladigan materiallar uchun toʻlovlar bir soatlik koʻrsatuv hajmidan kelib chiqib belgilanadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga 4-ILOVA
Kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qoʻshiqlar matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam
1. Badiiy kinofilmlarning adabiy ssenariylarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
2. Multiplikatsion filmlarning adabiy ssenariylarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
Izoh: Qisqa metrajli multiplikatsion filmning bitta qismi 10 daqiqadan iborat boʻladi.
3. Hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy, voqeali kinofilmlar, kinojurnallar, kinosolnomalar va videoroliklarning adabiy ssenariylarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
3.1. Materialni oldindan oʻrgangan va toʻplagan holda, shuningdek, suratga olish joyini va obyektlarini oʻrgangan holda mavzuni mustaqil ravishda original tarzda ijodiy hal qilish bilan bogʻliq ssenariylar:
3.2. Mazmuni asosan suratga olinayotgan voqea materiali bilan aniqlanadigan kinofilmlar ssenariylari:
4. Toʻla metrajli va qisqa metrajli kinofilmlar uchun qoʻshiqlar matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
5. Kinofilmlar uchun original musiqa yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
5.1. Badiiy kinofilmlarga original musiqa yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
5.2. Qisqa metrajli xronikal-hujjatli, publitsistik, ilmiy-ommabop va voqeali xronikal-hujjatlar kinofilmlar va kinosolnomalarga original musiqa yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari:
Izoh: Ushbu ilovada belgilangan haq toʻlashning eng kam stavkalari video-telefilmlar uchun ham qoʻllanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga 5-ILOVA
Kinofilmlar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning eng kam
1. Xronikal-hujjatli, oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy kinofilmlar va kinosolnomalar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning eng kam stavkalari:
2. Ilmiy-ommabop kinofilmlar uchun maslahatlar berish boʻyicha mutaxassislar mehnatiga haq toʻlashning eng kam stavkalari:
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga 6-ILOVA
Kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga koʻra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam
1. Toʻla metrajli va qisqa metrajli badiiy kinofilmlar postanovkasi uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
2. Badiiy-publitsistik kinofilmlar postanovkasi uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
3. Multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
3.1. Toʻla metrajli (5 va undan koʻp qismli) multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
3.2. Kompyuter chizmasi asosida toʻla metrajli multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
3.3. Qisqa metrajli multiplikatsion filmlar yaratganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
Qisqa metrajli multiplikatsion filmning bir qismi bir biridan mustaqil, alohida syujetlardan iborat boʻlishi mumkin. Har bir syujet uchun haq summasi toʻliq daqiqagacha yaxlitlanadi hamda qisqa metrajli multiplikatsion filmning oʻndan bir qismiga proporsional miqdorda toʻlanadi.
4. Toʻla metrajli badiiy filmlarni dublyaj qilganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka haqining eng kam stavkalari:
5. Toʻla metrajli va qisqa metrajli badiiy filmlarni chet ellarda reklama qiladigan 1 qismli kinofilmlarni yaratganlik uchun suratga olish guruhlari xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
6. Xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy kinofilmlar postanovkasi uchun suratga olish guruhi xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
6.1. Toʻla metrajli xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy kinofilmlar postanovkasi uchun postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari:
6.2. Qisqa metrajli xronikal-hujjatli, voqeali, ilmiy-ommabop, oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy kinofilmlar postanovkasi uchun postanovka haqining stavkalari:
7. Xronikal-hujjatli kinoalmanaxlar va kinojurnallar postanovkasi uchun postanovka haqining eng kam stavkalari:
Izoh: Xronikal-hujjatli kinoalmanax — bir nechta hujjatli, voqeali syujetlar birlashmasi.
8. Kinosolnomalar uchun syujetlar postanovkasi uchun postanovka haqining eng kam stavkalari:
Izoh:
1. Kinosolnoma — tarix uchun haqiqiy voqealarni suratga olish.
2. Ushbu ilovaning 1, 2, 6 va 8-bandlarida belgilangan haq toʻlash stavkalari video-telefilmlarni yaratishda haq toʻlashning belgilangan stavkalarining 75 foizi hisobidan qoʻllanadi.
3. Videofilm — videokamera yordamida magnitli tasmaga suratga olingan kinokartina”.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3201-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2018-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mualliflik haqi va boshqa haq toʻlash turlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 8-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 1-son, 4-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi 270-son qarorining 23-bandi.