Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari tumanlari va shaharlari chegaralarining oʻzgartirilishi hamda ayrim shaharlarning viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasi asosan:
1. Jinoyat ishlari boʻyicha Xiva (Xorazm viloyati), Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati), Ohangaron, Nurafshon va Yangiyoʻl (Toshkent viloyati) shahar sudlari hamda Toshkent (Toshkent viloyati) tuman sudi tashkil etilsin;
Xiva (Xorazm viloyati), Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati), Ohangaron, Nurafshon va Yangiyoʻl (Toshkent viloyati) shahar maʼmuriy sudlari va Toshkent (Toshkent viloyati) tuman maʼmuriy sudlari tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
Xiva shahrini (Xorazm viloyati) Fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudi va Bogʻot tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga;
Shahrisabz shahrini (Qashqadaryo viloyati) Fuqarolik ishlari boʻyicha Shahrisabz tumanlararo sudi va Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga;
Ohangaron shahrini (Toshkent viloyati) Fuqarolik ishlari boʻyicha Ohangaron tumanlararo sudi va Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga;
Nurafshon shahrini (Toshkent viloyati) Fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻrtachirchiq tumanlararo sudi va Oʻrtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga;
Yangiyoʻl shahri va Toshkent tumanini (Toshkent viloyati) Fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudi va Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining yurisdiksiya hududiga kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Moliya vazirligining:
yangi tuzilayotgan Xiva (Xorazm viloyati), Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati), Ohangaron, Nurafshon va Yangiyoʻl (Toshkent viloyati) tuman maʼmuriy sudlarni toʻldirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining qoʻshimcha 16 ta shtat birligi, shu jumladan 5 ta sudyalik shtat birligi ajratish;
jinoyat ishlari boʻyicha Xiva (Xorazm viloyati) tuman sudidan 1 ta, Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati) tuman sudidan 1 ta, Ohangaron tuman sudidan 1 ta, Oʻrtachirchiq tuman sudidan 1 ta, Yangiyoʻl tuman sudidan 2 ta va Zangiota (Toshkent viloyati) tuman sudidan 2 ta sudyani tegishli ravishda jinoyat ishlari boʻyicha Xiva (Xorazm viloyati), Shahrisabz (Qashqadaryo viloyati), Ohangaron, Nurafshon va Yangiyoʻl (Toshkent viloyati) shahar sudlari hamda Toshkent (Toshkent viloyati) tuman sudiga hamda Zangiota (Toshkent viloyati) tuman maʼmuriy sudidan 1 ta sudyani Toshkent (Toshkent viloyati) tuman maʼmuriy sudiga oʻtkazilishi orqali tuman sudlaridagi 9 ta sudya lavozimlarining soni qayta taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi K.F.Kamilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-sentabr,
PF-5195-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-sentabrdagi PF-5195-sonli Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining tuzilmasida:
a) “Tuman (shahar) sudi nomi” grafasida:
“Qashqadaryo viloyati” boʻlimida “Qarshi shahar” soʻzlaridan keyin “Shahrisabz shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Toshkent viloyati” boʻlimida:
“Bekobod shahar” soʻzlaridan keyin “Nurafshon shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Olmaliq shahar” soʻzlaridan keyin “Ohangaron shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Chirchiq shahar” soʻzlaridan keyin “Yangiyoʻl shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Pskent” soʻzidan keyin “Toshkent” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“Xorazm viloyati” boʻlimida “Urganch shahar” soʻzlaridan keyin “Xiva shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) “Tuman, shaharlar nomi” grafasida:
“Qashqadaryo viloyati” boʻlimida “Qarshi shahar” soʻzlaridan keyin “Shahrisabz shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Toshkent viloyati” boʻlimida:
“Bekobod shahar” soʻzlaridan keyin “Nurafshon shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Olmaliq shahar” soʻzlaridan keyin “Ohangaron shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Chirchiq shahar” soʻzlaridan keyin “Yangiyoʻl shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Pskent” soʻzidan keyin “Toshkent” soʻzi bilan toʻldirilsin;
“Xorazm viloyati” boʻlimida “Urganch shahar” soʻzlaridan keyin “Xiva shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman, tumanlararo, shahar sudlarining (yurisdiksiya hududi) tuzilmasida:
“Xizmat koʻrsatuvchi tumanlar, shaharlar” grafasida:
“Qashqadaryo viloyati” boʻlimida “Kitob tumani” soʻzlaridan oldin “Shahrisabz shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Toshkent viloyati” boʻlimida:
“Angren shahri” soʻzlaridan keyin “Oxangaron shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Zangiota tumani” soʻzlaridan oldin “Yangiyoʻl shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Zangiota tumani” soʻzlaridan keyin “Toshkent tumani” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Boʻka tumani” soʻzlaridan oldin “Nurafshon shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Xorazm viloyati” boʻlimida “Bogʻot tumani” soʻzlaridan oldin “Xiva shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4966-sonli Farmonida:
9-bandda:
beshinchi xatboshida “408” va “204” raqamlari tegishli ravishda “418” va “209” raqamlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshida “898” raqami “904” raqami bilan almashtirilsin;
12-bandning oltinchi xatboshisida “shuningdek tuman (shahar) maʼmuriy sudlarining namunaviy tuzilmalari 9 — 10-ilovalarga muvofiq” soʻzlari “tuman (shahar) maʼmuriy sudlarining, shuningdek maʼmuriy sudlarning tuman (shahar) yurisdiksiya hududlari namunaviy tuzilmalari 9 — 10-1-ilovalarga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-ilovada “Sudya yordamchisi” soʻzlari “Sudyaning katta yordamchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-ilovada “408” va “204” raqamlari tegishli ravishda “418” va “209” raqamlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 10-1-ilova bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga 10-1-ILOVA
Tuman (shahar) maʼmuriy sudlarining yurisdiksiya
14-ilovada “898” raqami “904” raqami bilan almashtirilsin;
17-ilovaning “Xizmat koʻrsatuvchi tumanlar, shaharlar” grafasida:
“Qashqadaryo viloyati” boʻlimida “Kitob tumani” soʻzlaridan oldin “Shahrisabz shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Toshkent viloyati” boʻlimida:
“Angren shahar” soʻzlaridan keyin “Ohangaron shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Zangiota tumani” soʻzlaridan oldin “Yangiyoʻl shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Zangiota tumani” soʻzlaridan keyin “Toshkent tumani” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Boʻka tumani” soʻzlaridan oldin “Nurafshon shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Xorazm viloyati” boʻlimida “Bogʻot tumani” soʻzlaridan oldin “Xiva shahar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.