PQ-3317-son Qaror · 09.10.2017

“Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3317
  • Qabul qilingan sana:09.10.2017
  • Kuchga kirgan sana:10.10.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/17/3317/0077

Respublikada sugʻurta faoliyatini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlar asosida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun sugʻurta xizmatlari koʻlamini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manfaatlarini samarador sugʻurtalash tizimini yaratish, shuningdek, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida:

1. Quyidagilar “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:

birinchi, yetkazilgan zarar, oʻt va baxtsiz hodisalardan garov hamda lizing obyektlarini sugʻurtalash yoʻli orqali tadbirkorlik subyektlarini himoya qilish sugʻurtalarini taqdim etish, shuningdek, mulkni, yoʻldagi uskunalar va tovarlarni sugʻurtalash hamda tadbirkorlik faoliyatini barcha tavakkalchiliklardan sugʻurtalash;

ikkinchi, sanoat korxonalarini va iqtisodiyot tarmoqlaridagi qurilish obyektlarini barcha xavf-xatarlardan kompleks sugʻurtalashni taʼminlash;

uchinchi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga sugʻurta himoyasini taqdim etish, “Mahalla”, “Nuroniy” jamgʻarmalari va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda sugʻurta xizmatlarining keng koʻlamini taqdim etish uchun respublikaning barcha hududlari aholisi qamrab olinishini kengaytirish;

toʻrtinchi, aholini shaxsiy sugʻurtalash boʻyicha, shu jumladan, infeksiya orqali yuqadigan kasalliklardan sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta himoyasini taʼminlash;

beshinchi, yoshlar uchun uylar qurish boʻyicha dasturlarga muvofiq uy-joyni sugʻurtalashni amalga oshirish;

oltinchi, yangi investitsiyaviy sugʻurta mahsulotlarini yaratish orqali sugʻurta faoliyatini kengaytirish;

yettinchi, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan xolda virtual ofislar va sugʻurta xizmatlari sotishning yangi kanallarini yaratish, onlayn toʻlash imkoniyatlari orqali internet-magazinlardan foydalangan xolda jahon Internet tizimidan foydalangan holda sugʻurta xizmatlari sotishni rivojlantirish;

sakkizinchi, aholiga sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi axborot almashinuvini avtomatlashtirish mexanizmlarini joriy etish;

toʻqqizinchi, sugʻurtalash va qaytadan sugʻurtalash sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

oʻninchi, barcha turdagi kreditlarning qaytarilmasligi xatarlarini sugʻurtalash (kredit va lizing operatsiyalari boʻyicha tadbirkorlik xatarini sugʻurtalash) shartnomalari boʻyicha kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish.

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatining “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tizimida:

respublika hududlarida boʻlinmalarni tashkil etgan holda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida hayotni sugʻurtalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni;

tibbiyot sugʻurtasi, texnik va yuridik assistans boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan assistans tashkilotlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

3. Quyidagilar:

2017-2018-yillarda “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini yanada rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;

(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)

(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)

4. “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi zimmasiga “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan vazifa va faoliyat yoʻnalishlarini sifatli va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash hamda mazkur qaror bilan maʼqullangan Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni koʻrsatilgan muddatlarda bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

5. “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati:

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) boʻlimlari qoshida doimiy asosda tadbirkorlik subyektlariga sugʻurta polislarini sotish punktlarini tashkil etsin;

(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-maydagi PF-73-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2023-y., 06/23/73/0284-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda seysmik xavfga ega, suv toshqini vujudga kelishi mumkin boʻlgan hamda sel xavf-xatarlari boʻlgan hududlardagi inshootlar, uy-joy, fuqarolarning shaxsiy mulklari, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarini sugʻurtalashni, shuningdek, aholi va tashkilotlar oʻrtasida sugʻurtalash imtiyozlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilishini amalga oshirsin.

6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi sugʻurtaning maqsadlari, vazifalari, shuningdek, ahamiyatini aholi oʻrtasida Internet tarmogʻini hisobga olgan holda bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasin.

7. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 14-martdagi 144-sonli qarori;

Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori 3-ilovasining IX bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-yil, 11-son, 72-bet) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

8. “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 9-oktabr,

PQ-3317-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PQ-3317-son qaroriga1-ILOVA

2017-2018-yillarda “Kafolat sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini yanada rivojlantirish

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.