PQ-2662-son Qaror · 28.11.2016

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2662
  • Qabul qilingan sana:28.11.2016
  • Kuchga kirgan sana:28.11.2016
  • Holati:Amalda

1. 2016-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan:

Hindiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari toʻgʻrisidagi Memorandum;

Pokiston Islom Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari toʻgʻrisidagi Memorandum tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatiga mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlansin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, moliya vaziri R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 28-noyabr,

PQ-2662-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.