PQ-3549-son Qaror · 19.02.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3549
  • Qabul qilingan sana:19.02.2018
  • Kuchga kirgan sana:20.02.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/18/3549/0790

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli Farmoniga muvofiq:

1. 2018-2019-yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, vazirliklar va idoralar rahbarlari “Yoʻl xaritasida” nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadilar.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha konsultant, shuningdek, “Xavfsiz shahar” kompleksini barpo etish boʻyicha loyihani oʻz vaqtida, keng koʻlamda va sifatli amalga oshirish uchun masʼul Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari lavozimlari tugatilsin.

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son)

5. Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 142 nafar etib belgilansin.

(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi PQ-5234-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga:

zarur hollarda Vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari tuzilmasiga cheklangan boshqaruv xodimlarining belgilangan shtat soniga oʻzgartirishlar kiritish;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Vazirlikning va uning hududiy boshqarmalarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;

Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida konsultantlar sifatida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, fan-taʼlim muassasalari, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yetakchi xalqaro va xorijiy kompaniyalar mutaxassislarini jalb etish;

ishga belgilangan tartibda yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni qabul qilish, shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobidan ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin.

(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)

6. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;

Vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari maqomi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga tenglashtiriladi;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Vazirlik hamda Vazirlik huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini nazorat qilish inspeksiyasining moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

8. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 19-fevral,

PQ-3549-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son qaroriga 1-ILOVA

2018-2019-yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar sohalarga va tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmetiga qarab yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.