PF-5487-son Farmon · 19.07.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5487
  • Qabul qilingan sana:19.07.2018
  • Kuchga kirgan sana:20.07.2018
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/18/5487/1543

Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, odil sudlovning sifatli amalga oshirilishini, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash uchun tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining ish bilan bandligini maqbullashtirish maqsadida:

1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.F. Kamilov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 19-iyul,

PF-5487-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PF-5487-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga kiritilayotgan

1. 9-bandda:

toʻrtinchi xatboshisidagi “654” va “252” raqamlari tegishincha “644” va “247” raqamlari bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshisidagi “418” va “209” raqamlari tegishincha “440” va “220” raqamlari bilan almashtirilsin;

oltinchi xatboshisidagi “904” va “321” raqamlari tegishincha “900” va “319” raqamlari bilan almashtirilsin;

sakkizinchi xatboshisidagi “433” va “181” raqamlari tegishincha “425” va “177” raqamlari bilan almashtirilsin;

2) 10-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Tuman (shahar) maʼmuriy sudlarining NAMUNAVIY TUZILMASI

Jami boshqaruv xodimlarining soni 2 — 6 birlikni, shundan sudyalar soni 1 — 3 tani tashkil etadi.

Tuman (shahar) maʼmuriy sudlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 440 birlikni, shundan sudyalar soni — 220 tani tashkil etadi.

*) Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”;

3) 12-ilovadagi “654” va “252” raqamlari tegishincha “644” va “247” raqamlari bilan almashtirilsin;

4) 14-ilovadagi “904” va “321” raqamlari tegishincha “900” va “319” raqamlari bilan almashtirilsin;

5) 16-ilovadagi “433” va “181” raqamlari tegishincha “425” va “177” raqamlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.