PQ-4018-son Qaror · 15.11.2018

Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik yigʻimlari tarifiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4018
  • Qabul qilingan sana:15.11.2018
  • Kuchga kirgan sana:15.11.2018
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4018/0908

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3836-son qarorining 6-bandiga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik yigʻimlari tarifiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 15-noyabr,

PQ-4018-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-noyabrdagi PQ-4018-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik yigʻimlari tarifiga kiritilayotgan qoʻshimchalar

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.