PF-5656-son Farmon · 05.02.2019

Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5656
  • Qabul qilingan sana:05.02.2019
  • Kuchga kirgan sana:06.02.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/19/5656/2586

Uzumchilik va vinochilikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, ularning ishlab chiqarilishi va aylanmasini samarali monitoring qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida:

(1-2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)

3. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq:

(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)

isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi;

(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)

alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar mahsulotni faqat ulgurji tashkilotlarga realizatsiya qiladi, pivo mahsulotlari, koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno;

barcha yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanishga haqli;

koʻpiklanadigan va tabiiy vinolarni realizatsiya qilish barcha savdo korxonalari, shuningdek mehmonxonalar xizmatlarini hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqini beruvchi ruxsat etish guvohnomasi boʻlmasdan turib umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;

(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 06/24/214/1018-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi huzuridagi etil spirti sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar, ularning tegishli tarzda ishlashi uchun zarur texnik sharoitlarni taʼminlaydigan isteʼmol etil spirtini ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashadi;

(3-bandning oltinchi xatboshisi Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)

(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)

alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar oldindan toʻlovni amalga oshirmasdan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqiga ega.

(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)

(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)

4. 2020-yil 1-yanvardan boshlab aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga quyidagi qoʻshimcha litsenzion talablar joriy etilsin:

uch yil ichida oʻzining texnik uzum navlari plantatsiyalarini bir tekis yaratish va kelgusida vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarishni tashkil qilish. Bunda texnik uzum navlari ekilganidan keyingi uch yildan soʻng texnik uzum navlari plantatsiyalarining maydoni aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlarini yillik ishlab chiqarish hajmining 75 foiziga mutanosib keladigan vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan hosilni yigʻish imkonini berishi kerak;

aroq hamda isteʼmol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan oʻrnatilgan quvvatlarning 60 foizidan kam boʻlmagan miqdorda foydalanilishini taʼminlash. Bunda yillik ishlab chiqarish hajmi absolyut alkogolga qayta hisoblaganda kamida 100 ming dekalitrni tashkil qilishi lozim;

aroq ishlab chiqarmaydigan korxonalarda isteʼmol etil spirtidan likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan oʻrnatilgan quvvatlarning 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda foydalanilishini taʼminlash.

Bunda uzum, mevalar va rezavordan tayyorlangan alkogol mahsulotlariga minimal ishlab chiqarish hajmi boʻyicha litsenzion talab oʻrnatilmaydi.

5. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga ilgari berilgan litsenziyalar, amal qilish muddatidan qatʼi nazar, 2020-yil 1-yanvargacha haqiqiy hisoblanadi va yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda qayta rasmiylashtirilishi shart.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-iyuldagi PF-5771-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2019-y., 06/19/5771/3474-son — 2019-yil 15-avgustdan kuchga kiradi)

6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:

Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 6-uy manzili boʻyicha joylashgan tugatilayotgan “Oʻzsharobsanoat” AJning bino va inshootlarini jihozlari va tashkiliy texnikasi bilan birga Agentlik va Inspeksiyaning operativ boshqaruviga berish, shuningdek tugatish jarayoni yakunlanganidan keyin jamiyatning qolgan pul mablagʻlari va asosiy vositalarini Agentlik va Inspeksiyaga teng ulushlarda taqsimlash;

bir oy muddatda “Oʻzstandart” agentligi balansidagi etil spirtning sifatini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar mulkini Inspeksiyaning operativ boshqaruviga berish;

(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son)

2019-yilning oxirigacha “Oʻzsharobsanoat” AJning mazkur Farmonga 1-ilovada koʻzda tutilgan agrofirmalar, ulgurji bazalar va boshqa tashkilotlar ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushlarini belgilangan tartibda savdoga qoʻyishni taʼminlasin.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi salohiyatli, jumladan xorijiy investorlarni mazkur Farmonga muvofiq realizatsiya qilinadigan obyektlar haqida keng xabardor qilish va ularni xarid qilishga jalb etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni qabul qilsin.

7. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini inobatga olgan holda, isteʼmol etil spirtini ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻz bugʻdoyzorlarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda mazkur Farmon talablarini inobatga olgan holda, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

alkogol mahsulotlari aylanmasini hisobga olish axborot tizimiga ulanishni asosiy litsenziya talabi sifatida belgilagan holda alkogol mahsulotining ulgurji savdosini amalga oshirish boʻyicha litsenziya faoliyatining yangi turini joriy etish;

alkogol va tamaki mahsulotlarining taʼlim, sport va diniy muassasalardan toʻgʻri chiziq boʻyicha ikki yuz metrdan ortiq radiusda joylashgan savdo obyektlarida, shuningdek umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo majmualari (bozorlar) va yarmarka pavilyonlarida realizatsiya qilish;

respublika hududiga alkogol mahsulotlarini polietilen, polistirol va boshqa polimer materiallardan tayyorlangan polimer isteʼmol idishlarida olib kirishga taqiq va javobgarlikni oʻrnatish, pivo va vino mahsulotlari bundan mustasno.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilsin.

11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 5-fevral,

PF-5656-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga 1-ILOVA

“Oʻzsharobsanoat” AJning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladigan tashkilotlar ustav kapitallaridagi ulushlari

** “Yangioboduzumservis” MCHJga nisbatan mulkiy huquq va majburiyatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtadi.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

(2-ilovaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-ilovasining rus tilidagi matni 65-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ 65. Komissiya Kabineta Ministrov po litsenzirovaniyu deyatelnosti po proizvodstvu etilovogo spirta, alkogolnoy produksii i proizvodstvu tabachnix izdeliy Postanovleniye Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 7-aprelya 2017 goda № 192 “Ob utverjdenii obnovlennogo sostava Komissii Kabineta Ministrov po litsenzirovaniyu deyatelnosti po proizvodstvu etilovogo spirta, alkogolnoy produksii i proizvodstvu tabachnix izdeliy” Inspeksiya po regulirovaniyu alkogolnogo i tabachnogo rinka pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan ”.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida:

(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)

b) 2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;

v) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 2-bandining beshinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

“Bunda ushbu faoliyatga mazkur bandning toʻrtinchi xatboshi talablari tatbiq etilmaydi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.