Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5696-son Farmoni ijrosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining namunaviy tuzilmasi 14-ilovaga muvofiq;
tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining namunaviy tuzilmasi 15-ilovaga muvofiq;
tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari tuzilmasiga kiruvchi muassasalar roʻyxati 16-ilovaga muvofiq;
Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasining tuzilmasi 17-ilovaga muvofiq;
Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazining tuzilmasi 18-ilovaga muvofiq;
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmalari 19 — 22-ilovalarga muvofiq;
(1-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son)
2019 — 2021-yillarda chorva mollari bosh soni, goʻsht va sut ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari 23-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisiga:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
zarur hollarda qoʻmita va uning tizimidagi tashkilotlarning barcha tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtatdagi soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qaroriga asosan 2-band uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy va taʼlim muassasalari yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni konsultant sifatida jalb etish;
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
3. Belgilab qoʻyilsinki:
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi tomonidan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimiga binoan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tuman (shahar) hokimlarining taqdimiga binoan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining Davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinar mutaxassislari oʻz vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshligʻi davlat chegarasi va transportda bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari esa Davlat chegarasi va transportda bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi;
tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarining boshliqlari tegishlicha tumanlar (shaharlar) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi;
veterinariya uchastkalari va bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining mudirlari tegishlicha uchastka va bozorlarda davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi;
Davlat chegarasi va transportda veterinariya nazorati veterinariya punktlarining (uchastkalarning) boshliqlari va veterinar vrachlari tegishlicha Davlat chegarasi va transportda veterinariya nazorati veterinariya punktlarining (uchastkalarning) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mavjud chorvachilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklarning, shu jumladan koʻp tarmoqli xoʻjaliklarning mavjud quvvatlarini xatlovdan oʻtkazib, ularni yetishmaydigan oʻrnini naslli qoramollar bilan toʻldirish boʻyicha dasturni;
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda naslchilik xoʻjaliklarida yetishtirilgan va Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan import qilingan va qishloq xoʻjaligi korxonalariga sotilgan har bir bosh nasldor qoramol uchun subsidiya berish tartibini;
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda aholi xonadonlarida va chorvachilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda parvarish qilinayotgan chorva mollarini sugʻurtalash tartibini.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Samarqand veterinariya meditsina institutining Toshkent filialini tashkil etish;
Moliya vazirligining veterinariya uchastkalaridagi 1 500 nafar xodimlarga qoʻshimcha ravishda chorva mollari naslini yaxshilash va sunʼiy urugʻlantirish vazifasi yuklatilayotganligini inobatga olib, ularning tarif razryadlarini 3 razryadga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 9-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari tomonidan aholi, shaxsiy yordamchi, dehqon va chorvachilik yoʻnalishidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga koʻrsatiladigan xizmatlardan hamda naslli chorva mollarini respublikaga import qilib sotishdan tushgan mablagʻlar soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda har bir tumanda tashabbuskorlarni aniqlab:
ichki isteʼmol bozorini sifatli goʻsht va goʻsht mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, goʻsht narxining barqarorligini saqlash maqsadida 2019 — 2021-yillarda har bir tumanda qoramollarni boʻrdoqiga boqishga ixtisoslashgan kamida ikkitadan 300 — 500 boshga moʻljallangan zamonaviy komplekslarni;
ichki isteʼmol bozorini sifatli sut va sut mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, sut narxining barqarorligini saqlash maqsadida har bir tumanda kamida ikkitadan 250 — 300 boshga moʻljallangan sut yoʻnalishidagi korxonalarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
12. Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari:
mazkur qarorning 23-ilovasiga muvofiq 2019 — 2021-yillarda chorva mollari bosh soni, goʻsht va sut ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlash;
chorvachilik xoʻjaliklaridagi mavjud chorva mollari uchun ajratilgan yer maydonlarini ikki oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin va ulardan samarali foydalanishning holatini har bir xoʻjalik kesimida alohida oʻrganib chiqsin, oʻrganishlar natijasi boʻyicha mavjud shartli mol bosh soniga nisbatan tafovut aniqlanganda, ortiqcha yer maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi “Xalq banki”, “Aloqa bank”, “Oʻzsanoatqurilishbank” va “Ipoteka bank” aksiyadorlik tijorat banklari bilan birgalikda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha doimiy hamkorlikda faoliyat olib borsinlar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta va gʻalla ekin maydonlariga almashlab ekiladigan chorva ozuqasi uchun beda ekini toʻliq ekilishini tashkil etsin hamda yetishtiriladigan hosilni chorvachilik xoʻjaliklari va aholiga tizimli yetkazishni taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni;
“Oʻzbekchorvanasl” agentligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanish va shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21a-uy manziliga joylashtirilsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Agentlikning hududiy boʻlinmalariga operativ boshqaruv huquqi asosida binolar ajratilishini taʼminlasin.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi chorvachilik subyektlariga ajratilgan yer maydonlariga faqat chorva ozuqa ekinlari ekilishiga masʼul etib belgilansin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari yangidan tashkil etiladigan chorvachilik subyektlariga meʼyor boʻyicha ozuqa ekinlari ekish uchun yer maydonlarini ajratib berilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hisob-kitoblariga asosan Agentlikni zarur mebel, kompyuter texnikasi va inventarlar bilan jihozlash uchun yetarli mablagʻlar ajratsin;
Agentlikka xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur mablagʻlarning ajratilishini taʼminlasin hamda Agentlik va uning hududiy boʻlinmalariga 16 ta xizmat yengil va 161 ta maxsus avtomobillarni saqlashga limit belgilasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan Agentlikni naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tashkil qilish maqsadida 24-ilovaga muvofiq zarur boʻlgan maxsus avtotransport va moddiy-texnika vositalari, shu jumladan dyuar idishlari va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash uchun talab etiladigan mablagʻlarni ajratsin;
ushbu qarordan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-ilovasiga muvofiq joriy yilda Samarqand veterinariya institutining qurilishi tugallanmagan oʻquv binosi obyektini qurish va jihozlash ishlarini oxiriga yetkazilishini taʼminlasin.
2020-yilda qurilishi rejalashtirilgan institut inshootlariga buyurtmachi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi belgilansin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Agentlikni zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
24. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-mart,
PQ-4254-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 14-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 30 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 5 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 25 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
(14-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 15-ILOVA
Tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 7 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 2 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 5 nafar.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 16-ILOVA
Tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari tuzilmasiga kiruvchi muassasalar
T/r Nomlanishi Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari soni Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari xodimlari soni 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 11 63 2. Andijon viloyati 12 60 3. Buxoro viloyati 11 57 4. Jizzax viloyati 13 60 5. Qashqadaryo viloyati 15 63 6. Navoiy viloyati 10 48 7. Namangan viloyati 9 45 8. Samarqand viloyati 20 65 9. Surxondaryo viloyati 14 57 10. Sirdaryo viloyati 8 39 11. Toshkent viloyati 12 48 12. Fargʻona viloyati 14 72 13. Xorazm viloyati 13 45 Jami 162 722
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 17-ILOVA
Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasining
Xodimlarning umumiy cheklangan soni – 150 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 10 nafar, ishlab chiqarish xodimlari – 140 nafar.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 18-ILOVA
Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazining
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 18 nafar.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 19-ILOVA
Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 116 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 13 nafar, ilmiy xodimlar — 44 nafar, ilmiy yordamchi xodimlar — 33 nafar, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — 28 nafar.
(19-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 20-ILOVA
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining
Xodimlarning umumiy soni ilmiy-tadqiqot ishlari hajmiga qarab, 112 nafargacha, maʼmuriy boshqaruv xodimlari — 10 nafar, jumladan ilmiy xodimlar soni — 76 nafargacha.
Yordamchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Ilmiy-texnik loyihalarni joriy qilish uchun shartnoma asosida mutaxassislar va ilmiy xodimlar jalb qilinishi mumkin.
(20-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
(21-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 22-ILOVA
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 87 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 15 nafar, ilmiy xodimlar — 31 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 41 nafar.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
** Xoʻjalik hisobidan moliyalashtiriladi.
Ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda shartnoma asosida qoʻshimcha ilmiy xodimlar jalb qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 23-ILOVA
2019 — 2021-yillarda chorva mollarining bosh soni, goʻsht va sut ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari
T/r Hududlar Chorva moli bosh soni(ming bosh) Goʻsht ishlab chiqarish(tirik vazni, ming/tn) Sut ishlab chiqarish(ming tonna) 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. Oʻsish, foizda 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. Oʻsish, foizda 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. Oʻsish, foizda 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1 094,2 1 123,1 1 160,8 1 175,7 107,4 106,5 115,0 121,9 130,4 122,5 376,5 391,5 415,0 436,0 115,8 2. Andijon 1 042,3 1 073,6 1 105,8 1 125,9 108,0 146,1 157,8 168,8 180,6 123,6 927,0 982,5 1 012,0 1 042,3 112,5 3. Buxoro 1 212,5 1 248,9 1 286,3 1 321,9 109,0 241,3 260,6 279,0 301,1 124,8 941,3 997,8 1 057,6 1 110,6 118,0 4. Jizzax 884,7 911,2 938,6 954,7 107,9 213,0 230,0 243,6 263,1 123,6 594,3 629,9 667,7 687,8 115,7 5. Qashqadaryo 1 565,7 1 612,7 1 661,1 1 704,9 108,9 287,6 310,6 335,4 362,3 126,0 1 116,3 1 183,2 1 254,2 1 304,4 116,9 6. Navoiy 484 498,5 513,5 525,9 108,7 159,6 172,4 186,2 199,2 124,8 477,7 506,4 536,8 553,0 115,7 7. Namangan 702,3 723,4 745,1 767,4 109,3 140,3 151,5 162,1 170,2 121,3 678,1 718,7 761,8 800,0 118,0 8. Samarqand 1 554,1 1 600,7 1 648,7 1 695,2 109,1 290,9 314,1 339,2 363,0 124,8 1 273,0 1 349,3 1 430,2 1 459,0 114,6 9. Surxondaryo 956,7 985,4 1 015,0 1 032,4 107,9 183,8 198,5 212,4 229,4 124,8 831,0 880,7 933,6 989,6 119,1 10. Sirdaryo 432,7 445,7 459,1 469,8 108,6 570,1 615,7 665,0 711,4 124,8 35,0 37,1 39,3 41,3 118,0 11. Toshkent v. 882,2 908,7 935,9 965,0 109,4 266,3 287,6 310,6 335,4 126,0 890,8 944,2 1 001,0 1 061,0 119,1 12. Fargʻona 1 001,6 1 031,6 1 062,6 1 097,5 109,6 165,6 178,9 191,4 203,0 122,5 1 012,8 1 073,6 1 138,0 1 206,3 119,1 13. Xorazm 909,6 936,9 965,0 988,9 108,7 159,2 172,0 182,2 197,0 123,6 1 010,0 1 070,6 1 135,0 1 191,6 118,0 Jami 12 722,6 13 100 13 497 13 825 108,7 2 930,2 3 164,6 3 398,0 3 646,3 124,4 10 163,6 10 766,0 11 382,4 11 882,5 116,9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 24-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan “Oʻzbekchorvanasl” agentligini naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tashkil qilish maqsadida zarur boʻlgan maxsus avtotransport va moddiy-texnika vositalari, shu jumladan dyuar idishlari va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash uchun talab etiladigan mablagʻlar
Hududlar Tumanlar soni Texnik osemenator Xizmat yengil avtomobil-lari Ajratila- digan DAMAS “VAN” avtoulov Moddiy texnika resurslari Maxsus azot tashuvchi mashina (Isuzi 8 tn) Kriogen idish (TRJK-8M) 2100 litr Dyuar idish (35 va 6 litr) Texnik osemenator sumkasi Noutbuk, planshet va GPS- navigator Mikroskop Velosiped Jami talab etilgan mablagʻ (mln soʻm) Soni Talab etiladigan mablagʻ (mln soʻm) Soni Talab etiladigan mablagʻ (mln soʻm) Soni Talab etiladigan mablagʻ (mln soʻm) Soni Talab etiladigan mablagʻ (mln soʻm) Soni Talab etiladigan mablagʻ (mln soʻm) Soni Talab etiladigan mablagʻ (mln soʻm) Soni Talab etiladigan mablagʻ (mln soʻm) Soni Talab etiladigan mablagʻ (mln soʻm) Soni Talab etiladigan mablagʻ (mln soʻm) “Oʻzbekchorvanasl” agentligi 3 396 1 66 3 2 400 6 12 2 874 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 15 226 1 112 15 990 1 175 125 625 226 678 92 184 75 75 129 129 2 893 Andijon viloyati 14 203 1 112 14 924 1 175 164 820 203 609 86 172 70 70 167 167 2 979 Buxoro viloyati 11 285 1 112 11 726 1 175 170 850 285 855 68 136 55 55 269 269 3 123 Jizzax viloyati 12 211 1 112 12 792 1 175 174 870 211 633 74 148 60 60 178 178 2 908 Qashqadaryo viloyati 12 380 1 112 12 792 1 175 282 1 410 380 1 140 80 160 60 60 322 322 4 111 Navoiy viloyati 8 115 1 112 8 528 1 175 47 235 115 345 50 100 40 40 81 81 1 576 Namangan viloyati 11 167 1 112 11 726 1 175 105 525 167 501 68 136 55 55 124 124 2 299 Samarqand viloyati 14 370 1 112 14 924 1 175 156 780 370 1 110 86 172 70 70 330 330 3 603 Surxondaryo viloyati 13 240 1 112 13 858 1 175 120 600 240 720 80 160 65 65 192 192 2 817 Sirdaryo viloyati 9 113 1 112 9 594 1 175 53 265 113 339 50 100 45 45 85 85 1 670 Toshkent viloyati 15 210 1 112 15 990 1 175 81 405 210 630 92 184 75 75 149 149 2 645 Fargʻona viloyati 16 263 1 112 16 1 056 1 175 193 965 263 789 98 196 80 80 189 189 3 482 Xorazm viloyati 10 238 1 112 10 660 1 175 132 660 238 714 62 124 50 50 157 157 2 602 Jami: 160 3 021 16 1 852 161 10 626 3 2 400 13 2 275 1 802 9 010 3 021 9 063 992 1 984 800 800 2 372 2 372 39 582