PQ-4433-son Qaror · 30.08.2019

Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4433
  • Qabul qilingan sana:30.08.2019
  • Kuchga kirgan sana:31.08.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/19/4433/3673

Soʻnggi yillarda respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda, iqtidorli yoshlarni nufuzli milliy hamda xalqaro olimpiadalar, musobaqalar va tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish, innovatsion gʻoyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish, ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Shu bilan birga, yosh iqtidor sohiblarini innovatsion tadbirkorlik sohasiga tizimli jalb qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, shu jumladan:

iqtidorli yoshlarni ishbilarmonlar va yetakchi olimlar bilan hamkorlikda ish yuritishi uchun yagona tizim yaratish va shu asosda ilm-fan sohasida yosh kadrlar yetishtirish tizimining uzviyligini taʼminlash;

ishlab chiqarish sohasiga yuqori texnologiyalarni tatbiq etish va ilmiy tadqiqotlarga yoshlarni jalb etish hamda ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun platformalar yaratish talab etilmoqda.

Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jonlantirish, mamlakat ilm-fanining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshliligini taʼminlash, mavjud ilmiy maktablar salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi davlat ulushi yuqori boʻlgan korxonalarga tegishli yuridik shaxslarning innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarining jami mablagʻlarini yiliga 10 foizi miqdoridagi mablagʻlarini har yili Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

7. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

mazkur qarorning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga patent bojlari, yigʻimlar va soliq toifasiga kirmaydigan boshqa toʻlovlardan kelib tushgan mablagʻlarning 78 foizi;

xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat ulushi mavjud korxonalar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan, davlat ilmiy dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar;

xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;

Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar doirasida olingan daromadlar;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

8. Mazkur qarorning 6-bandiga asosan Jamgʻarmaga kelib tushadigan mablagʻlar quyidagilarga yoʻnaltirilishi mumkinligi belgilab qoʻyilsin:

innovatsion, amaliy va startap loyihalarni moliyalashtirishga, shu jumladan ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etishga, ilgʻor texnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga;

Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi (keyingi oʻrinlarda — Ofis) tomonidan xorijiy va mahalliy yetakchi olimlar, mutaxassislar hamda vatandoshlarni tadbirlarga (tanlov, musobaqa, koʻrgazma, akseleratsiya, inkubatsiya va oʻquv kurslariga, loyihalarga, sinov tajriba jarayonlariga) belgilangan tartibda jalb qilishga;

energetika, sunʼiy intellekt, aviatsiya, robototexnika va mexatronika kabi istiqbolli yoʻnalishlarda innovatsion ishlanmalar ishlab chiqishga koʻmaklashish hamda amaliyotga joriy etish jarayonlarini jadallashtirishga;

istiqbolli yoʻnalishlarda iqtidorli yoshlarni saralash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahalliy, respublika va xalqaro miqyosda tanlovlar, musobaqalar, koʻrgazmalar kabi tadbirlar hamda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan tanlovlar tashkil etib borishga;

yosh innovatorlarni akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarida oʻqitish, oʻquv-treninglar tashkil etishga;

iqtidorli yoshlarning xorijiy davlatlardagi xalqaro musobaqa va festivallarda ishtirokini taʼminlash hamda ularni rivojlangan davlatlarning ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalariga stajirovkaga yuborishga;

ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirishga;

Ofis oldiga qoʻyilgan yosh innavatorlarni qoʻllab-quvvatlashga doir vazifalarni roʻyobga chiqarishga.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

10. Iqtidorli yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga 2019-2020-yillarda jalb etish boʻyicha “Yoʻl xarita” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmonov tasdiqlanayotgan “Yoʻl xarita”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarishga shaxsan masʼul etib belgilansin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Yoshlar akademiyasi aʼzolarining ilmiy-ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida 2020-yilning 1-apreliga qadar quyidagi platformalarni tashkil etsin:

“Gʻoyalar generatorlari” — Yoshlar akademiyasining asosiy yoʻnalishlariga tegishli boʻlgan maʼlum bir muammoning yechimiga qaratilgan innovatsion gʻoyaga ega jamoalar platformasi;

“Startaplar” — oʻz gʻoyasi va ushbu gʻoyani amalga oshirishga qaratilgan startap loyihalari va ularni amalga oshirish boʻyicha aniq rejaga ega jamoalar platformasi;

“Biznes vakillari” — faoliyatida ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini qoʻllagan va tegishli sohada kamida 1 yillik tajribaga ega boʻlgan jamoalar platformasi;

“Boʻlajak akademiklar” — yuqoridagi platformalarda faol ishtirok etgan, mamlakatning ilm-fan rivojlanishiga katta hissa qoʻshayotgan yuqori ilmiy salohiyatga ega olimlar platformasi.

Belgilansinki, Yoshlar akademiyasi faoliyati doirasida mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan sunʼiy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, robototexnika va mexatronika, farmatsevtika, biotexnologiya, dasturlash, sanoat dizayni, 3D modellash va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda amaliy, innovatsion va startap loyihalari amalga oshiriladi.

12. Yoshlar akademiyasi aʼzolari uchun zamonaviy infratuzilmaga ega sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, Ilgʻor texnologiyalar markazi va “Yashnobod” innovatsion texnoparkining binolari, laboratoriyalari, akseleratori va kovorking markazlari Yoshlar akademiyasiga bepul foydalanish uchun ajratsin;

2020-yil 1-yanvarga qadar Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Yoshlar akademiyasining aʼzolariga dunyoning yetakchi mamlakatlari tajribasi asosida Toshkent viloyati Nurafshon shahrida barpo etilayotgan “aqlli shahar” hududida zamonaviy infratuzilmaga ega kichik va ixcham “Science Park” (Saynspark) tashkil etish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Yoshlar akademiyasi aʼzolariga biznesni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan, biznes-rejalar va taʼsis hujjatlarini tayyorlash, sugʻurta, buxgalteriya, hisobot berish, biznes sheriklarni, mini-texnologiyalar va uskunalarni topish bilan bogʻliq xizmatlarini tashkil etish boʻyicha muntazam mahorat darslarini olib borsin.

14. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga doimiy ravishda Yoshlar akademiyasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, teleradiokanallarda intellektual yoʻnalishdagi teleradiodasturlarni tashkil etish va efirga uzatish tavsiya etilsin.

(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)

16. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda:

Yoshlar akademiyasining nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 30-avgust,

PQ-4433-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi PQ-4433-son qaroriga 3-ILOVA

Iqtidorli yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga 2019-2020-yillarda jalb etish boʻyicha

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.