2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, taʼlim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda taʼlim tizimini isloh qilish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, professional taʼlim dasturlari YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uygʻunlashmaganligi, oʻquv jarayoniga Oʻzbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi toʻlaqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning mehnat bozorida munosib oʻrin egallashlariga toʻsqinlik qilmoqda.
Professional taʼlim tizimini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida:
1. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro tasniflagich) darajalari bilan uygʻunlashgan yangi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimi hamda tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim muassasalari tarmogʻi tashkil etilsin.
2. Quyidagilar:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
Kasbga oʻqitish markazlarini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga oʻtkaziladigan kasb-hunar kollejlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Oliy taʼlim muassasalari quvvatlarini oshirish, istiqbolda xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;
Oliy taʼlim muassasalarining koʻp tarmoqli oʻquv markazlari va amaliyot poligonlarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari roʻyxati 6-ilovaga muvofiq;
Binolari umumiy oʻrta taʼlim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari roʻyxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda ushbu band bilan tasdiqlangan roʻyxatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
d) texnikumlarda:
(3-band “d” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
oʻrta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-kursdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.
(3-band “d” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
(3-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-yanvardan yangi tashkil etiladigan boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarining taʼminotiga, shu jumladan ularning joriy saqlanishiga, faoliyatini yuritishiga, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga Davlat budjeti parametrlari doirasida zarur moliyalashtirishni nazarda tutsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy taʼlim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualari tugatilishi hisobiga boʻshaydigan mablagʻlar professional taʼlim tizimini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) ikki oy muddatda Milliy kvalifikatsiya tizimiga muvofiq Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatorini qayta koʻrib chiqsin;
b) ilgʻor xorijiy tajribalar asosida:
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida milliy kvalifikatsiya ramkasini;
2020-yil 1-yanvargacha iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun Kvalifikatsion ramkalarni;
2020-yil 1-aprelgacha Milliy professional standartlarni ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
a) quyidagilarni:
ikki oy muddatda Uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni;
uch oy muddatda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarning namunaviy ustavlarini tasdiqlashni;
2020-yil 1-yanvargacha hududlarda investitsion loyihalar asosida yaratilayotgan ish oʻrinlari, kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlardan kelib chiqib, taʼlim muassasalarining ixtisoslashuvini inobatga olib, mavjud jihozlarni qayta taqsimlashni;
2020-yil 1-aprelgacha idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar professional taʼlim muassasalarining oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlim ustalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yangi tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) 2020-yil 1-iyungacha boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimi uchun taʼlim dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad hamda vazifalarini keng yoritish boʻyicha chiqishlar va mavzuga oid koʻrsatuvlarni tashkil etsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-sentabr,
PF-5812-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2024-y., 06/24/158/0839-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga 4-ILOVA
Kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga oʻtkaziladigan kasb-hunar kollejlari
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga 5-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari quvvatlarini oshirish, istiqbolda xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga 6-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining koʻp tarmoqli oʻquv markazlari va amaliyot poligonlarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari
Izoh: Mazkur ilovadagi kasb-hunar kollejlar zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yoki tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan qayta taqsimlanishi hamda faoliyat yoʻnalishlari oʻzgartirilishi mumkin.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga 7-ILOVA
Binolari umumiy oʻrta taʼlim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 823-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/823/1688-son)