PF-5817-son Farmon · 11.09.2019

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-5817
  • Qabul qilingan sana:11.09.2019
  • Kuchga kirgan sana:12.09.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/19/5817/3732

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4126-son qarorini samarali amalga oshirish maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

2. Quyidagilar:

(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

2019-2020-yillarda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) quyidagi huquqlar berilsin:

(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

a) chakana savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini oʻtkazish, ularni isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) oʻtkazilishini tashkil qilish;

b) isteʼmolchilardan ariza va shikoyatlar tushgan hollarda isteʼmolchilar huquqlariga rioya qilinishini oʻrganish;

v) isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari mavjud boʻlganda, tadbirkorlik subyektlarida (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) tekshirishlar oʻtkazish;

g) isteʼmolchilarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaroqlilik muddati, saqlash va xizmat koʻrsatish muddatini buzgan holda realizatsiya qilish holati aniqlanganda:

oʻz vakolatlari doirasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;

isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi alomatlari aniqlanganda materiallarni vakolatli organlarga, shuningdek, tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning (ruxsat beruvchi hujjatlarning) amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish (bekor qilish) toʻgʻrisidagi masalasini hal etish uchun tegishli organlar va tashkilotlarga yuborish;

isteʼmolchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan huquqiy taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash uchun sudlarga arizalar bilan murojaat qilish;

d) davriy bosma nashrlar, kitob mahsulotlari nazorat nusxalari, tele va radiodasturlar efirlarida joylashtirilgan hujjatli materiallar, reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatishga oid materiallarni bepul olish.

(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

5. Belgilansinki:

(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish haqida Qoʻmita vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar hamda mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ijro etish uchun majburiydir;

(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mansabdor shaxslar, shuningdek, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar Qoʻmitaning talabiga binoan unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.

(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

7. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlik:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-fevralga qadar “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlarini, isteʼmolchilar huquqlarining buzilishi holatlari aniqlanganda Agentlikning ushbu tashkilotlar bilan hamkorligini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) mustaqil ekspertizasini oʻtkazish mexanizmini nazarda tutsin;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu Farmonga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.

8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 11-sentabr,

PF-5817-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-sentabrdagi PF-5817-son Farmoniga2-ILOVA

2019-2020-yillarda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida amalga oshiriladigan

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.