Soʻnggi yillarda respublikada yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Koʻrilgan chora-tadbirlar respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 80 foizdan koʻprogʻini va ip kalavaning 45 foizdan koʻprogʻini qayta ishlash boʻyicha quvvatlarni yaratish, shuningdek, 2018-yilda tayyor mahsulot eksport hajmini 1,6 milliard AQSH dollariga yetkazish imkonini berdi.
Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalar mahalliy tayyor charm ishlab chiqarish hajmini 6 foizga va krast bosqichidagi charm ishlab chiqarish hajmini 44 foizga oshirish imkonini yaratdi.
Shu bilan birga jahon bozorlaridagi raqobatning kuchayishi, texnologiyalarning rivojlanishi va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining kamaytirilishi ushbu sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini talab etmoqda.
Yengil sanoatning jadal va barqaror rivojlanishini taʼminlash, mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali birinchi navbatda tashqi bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
xom ashyoni chuqur qayta ishlash asosida bozor talablaridan kelib chiqqan holda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi PQ-143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 07/22/143/0166-son)
2019-2020-yillarda yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini qoʻllab-quvvatlash va jadal rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” va “Oʻzcharmsanoat” uyushmalari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlarning bajarilishini soʻzsiz taʼminlashga qaratilgan investitsiya loyihalari roʻyxatini tasdiqlasin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PF-47-sonli Farmoniga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son)
3. 2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
hisobot davri natijalari boʻyicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam boʻlmagan eksport ulushiga ega boʻlgan korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
chorva mollarini soʻyish boʻyicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarga ega va ularni yangidan ishga tushirayotgan tashkilotlar hamda terini qayta ishlovchi va charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;
(3-bandning toʻrtinchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi PQ-143-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 07/22/143/0166-son)
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
4. Belgilansinki, “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan 2018 — 2020-yillar hosilidan paxta tolasini mahalliy toʻqimachilik korxonalariga birja savdolarida milliy valyutaga sotish mahsulot yuklab joʻnatilgan kundan 90 kun mobaynida yakuniy hisob-kitob qilgan holda 35 foiz oldindan toʻlov asosida amalga oshiriladi.
5. “Oʻzpaxtasanoat” AJga paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga sotish nazarda tutilgan paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining baholash qiymatidan quyidagi chegirmalarni taqdim etish masalasida paxta tozalash zavodlarining boshqaruv organlarida tashabbus bilan chiqish tavsiya etilsin:
bir yil mobaynida toʻlanganda — 50 foiz miqdorida;
ikki yil mobaynida toʻlanganda — 40 foiz miqdorida;
uch yil mobaynida toʻlanganda — 30 foiz miqdorida.
Bunda paxta tozalash zavodlari va tayyorlov maskanlarining chegirmalarni hisobga olgan holdagi bahosi ularning balans qiymatidan past boʻlishi mumkin emas.
6. Belgilansinki:
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarining paxta xom ashyosini yetishtirish boʻyicha xarajatlarini moliyalashtirish uchun 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar faqat 11 oy oʻtganidan soʻng qaytariladi, har bir transh uchun qaytarish muddatini hisoblash esa paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga mablagʻlar kelib tushgan paytdan boshlanadi. Xuddi shunday tartib tijorat banklari tomonidan Jamgʻarma kredit resurslarini qaytarishda ham qoʻllaniladi;
paxta urugʻlik chigitini ishlab chiqarish paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin;
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasteri doirasida oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini sertifikatlash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
7. Tijorat banklariga paxta xom ashyosini yetishtirish va yigʻib olishni moliyalashtirish uchun valyuta kredit liniyalari jalb qilinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kelgusi yil uchun paxta xom ashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari va gʻoʻzani navlari boʻyicha joylashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorlari oldingi yilning 1-oktabridan kechiktirmasdan qabul qilinishini taʼminlasin.
9. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha oʻz ehtiyojlari uchun olib kiradigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy taʼminotlar uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi bir oy muddatda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkining buyurtmanomalariga binoan “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari korxonalarida zamonaviy tozalash inshootlari qurishni va mavjudlarini modernizatsiya qilishni moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar, xalqaro hamda xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar bank tuzilmalarining texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarini) jalb etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin.
11. Toshkent shahar hokimligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga mahalliy toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi koʻrgazma maydonchasini tashkil qilish uchun Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 44-b uy manzilida joylashgan uch qavatli binoni unga tutash hududi bilan balans qiymatida topshirsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-oktabrdagi “Toʻqimachilik sanoati xom ashyo bazasini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3314-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-sentabr,
PQ-4453-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qaroriga 1-ILOVA
Xom ashyoni chuqur qayta ishlash asosida bozor talablaridan kelib chiqqan holda yuqori qoʻshilgan qiymatga ega toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020 — 2025-yillarga moʻljallangan
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida Maqsadli parametrlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi PQ-143-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 07/22/143/0166-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qaroriga 3-ILOVA
2019-2020-yillarda yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini qoʻllab-quvvatlash va jadal rivojlantirish boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-son qaroriga4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3693-son qarorining 10-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “charm-poyabzal” soʻzlari “poyabzal” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi F-5302-son farmoyishi bilan tasdiqlangan 2020-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish bundan mustasno) ozod qilingan “Termiz-tezkor-qurilish” XK, “Fayz Binokor Oltiariq” XK, “Shashmoxkashob” agrofirmasi, “Janub tekstil” MCHJ, “Surxon teks” MCHJ, “Amudar Textile” MCHJ, “Norteks Style” MCHJ, “Sherobod Textile Invest” MCHJ va “Surxon sifat tekstil” MCHJlar tomonidan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, texnika, qurilish materiallari roʻyxatining rus tilidagi matni “Agrofirma “Shashmoxkashob” boʻlimi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 62-1-band bilan toʻldirilsin:
“62-1. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 106-son qarorida:
5-bandning beshinchi xatboshidagi “2018-yilgi hosil” soʻzlari “2018 — 2020-yillardagi hosil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 14-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “2018-yilgi hosil” soʻzlari “2018 — 2020-yillardagi hosil” soʻzlari bilan almashtirilsin.