PQ-4497-son Qaror · 24.10.2019

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4234-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4497
  • Qabul qilingan sana:24.10.2019
  • Kuchga kirgan sana:25.10.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/19/4497/3957

“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, koʻmir qazib olishni yanada koʻpaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4234-son qarorida:

1 — 5-bandlar hamda 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

6-banddagi “ProgressGorTex” MChJ (Rossiya Federatsiyasi)” soʻzlari “ishonchli boshqaruvchi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

10-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi “bojxona rasmiylashtiruvi” soʻzlaridan oldin “qoʻshilgan qiymat soligʻi va” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.A. Gulyamov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 24-oktabr,

PQ-4497-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.