Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4388-son qaroriga muvofiq, shuningdek, uglevodorod xom ashyosi uchun geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzbekneftgaz” AJning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi) quyidagi funksiyalarni topshirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin:
yangi uglevodorod xom ashyosi konlarini ochish uchun neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini aniqlash va tayyorlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burgʻulash ishlarini olib borish;
respublika uglevodorod xom ashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod xom ashyo konlarini ochishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkillashtirish.
“Oʻzbekneftgaz” AJ 2019-yil yakuniga qadar Davlat geologiya qoʻmitasiga ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlarini olib borishning amaldagi loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda barcha mavjud istiqbolli maydonlar, investitsiya bloklari va uglevodorod xom ashyosi konlari boʻyicha fond va boshqa materiallarni taqdim etsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
2020-yildan boshlab, neft va gaz mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
neft va gaz mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari va mutaxassislarini jalb etgan holda, geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilishning xalqaro standartlarini tatbiq etish choralari amalga oshiriladi;
neft va gaz boʻyicha ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burgʻulash ishlari hamda zamonaviy uskunalar, ilmiy hajmdor texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar, maxsus va avtotransport texnikalari bilan jihozlash choralari neft va gaz mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlarida koʻzda tutiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Davlat geologiya qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari asosida moliyalashtiriladi;
neft va gaz mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga burgʻulanib, qurilishi yakunlangan quduqlar ularni Davlat geologiya qoʻmitasi va uning tashkilotlari tomonidan yer qaʼridan muayyan foydalanuvchilarga berilguniga qadar soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat geologiya qoʻmitasining “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzburgʻuneftgaz” AJning “Oʻzbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJning ustav kapitallaridagi ulushlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Moliya vazirligi, Agentlik va Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2020-yilning 1-iyuliga qadar geologiya-qidiruv xizmatlari sohasi va ushbu tarmoqdagi raqobat darajasini oʻrgangan holda 1-ilovaga muvofiq Davlat geologiya qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarini Agentlikka aksiyador (taʼsischi va ishtirokchi) huquqini berish orqali qayta tashkil etishni taʼminlasin.
Davlat geologiya qoʻmitasi Agentlik va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda har bir davlat korxonasini qayta tashkil etish boʻyicha tadbirlar rejasini ularning aniq muddatlari va masʼul ijrochilarini koʻrsatgan holda ishlab chiqsin, tasdiqlasin hamda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Belgilansinki, “Oʻzbekgeofizika” AJ, “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ hamda qayta tashkil etilayotgan davlat korxonalari oʻz faoliyatini Davlat geologiya qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi tarkibida amalga oshiradi.
4. Quyidagilar belgilansin:
“Oʻzbekneftgaz” AJ va “Oʻzburgʻuneftgaz” AJning “Oʻzbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJning ustav kapitallaridagi ulushlarining Agentlikka berilishi balans qiymatida “Oʻzbekneftgaz” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi kamaytirilishi hisobiga amalga oshiriladi;
ushbu qarorga asosan bir tashkilotdan boshqa tashkilotga berilayotgan va qabul qilinayotgan mulklar, mulkiy huquqlar shu jumladan aksiyalar va ustav kapitallaridagi ulushlar barcha soliq turlari boʻyicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi;
“Oʻzbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ aksiyalari Agentlik egaligiga oʻtishi yangi sotib olingan aksiyalar paketi deb hisoblanmaydi;
“Oʻzbekneftgaz” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning “Oʻzbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ bilan amaldagi shartnomalar boʻyicha huquq va majburiyatlari saqlanib qolinadi.
5. Davlat geologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan:
Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan bajariladigan 2020-2021-yillarda yer qaʼrini uglevodorod xom ashyosiga geologik oʻrganish ishlarining asosiy parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash va mustahkamlash uchun sotib olinadigan zamonaviy geofizik, laboratoriya va boshqa qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, maxsus va avtotransport texnikalari roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Mineral-xom ashyo, jumladan neft va gaz bazasini rivojlantirish va qayta tiklash boʻyicha faoliyatni bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish yoʻli bilan geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Davlat geologiya qoʻmitasiga har yili tasdiqlanadigan mineral-xom ashyo bazasini (shu jumladan neft va gazni) rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlariga muvofiq, shuningdek, ushbu qaror bilan topshirilayotgan funksiyalarni hisobga olgan holda mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017 — 2021-yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2954-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Ishchi guruh zimmasiga (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) ushbu qarordan kelib chiqadigan topshiriq va chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
8. Amaldagi loyihalar doirasida ilgari boshlangan parametrik va izlov quduqlarini burgʻulash ishlarini tugatish sharti bilan uglevodorod xom ashyosi uchun geologiya-qidiruv ishlarini ruxsatnoma olmagan holda olib borish huquqi “Oʻzbekneftgaz” AJda saqlab qolinsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
9. Davlat geologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda:
2020 — 2025-yillarda uglevodorod zaxiralarini koʻpaytirishning maqsadli koʻrsatkichlarini;
toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasi boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” AJga yer qaʼridan foydalanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani taqdim etgan holda, neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari doirasida u tomonidan quduqlarni burgʻulash ishlari amalga oshiriladigan istiqbolli tuzilmalar va uglevodorod konlarining roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Quyidagilarga:
“Oʻzbekneftgaz” AJga Neft va gaz mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi doirasida avval boshlangan loyihalar boʻyicha “Oʻzbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ bilan ilmiy-tadqiqot, tematik, geofizik va laboratoriya ishlarini bajarish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;
“Oʻzbekneftgaz” AJ, Davlat geologiya qoʻmitasi va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga, shu jumladan aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilayotgan davlat korxonalariga 2021-yilning oxiriga qadar geologiya-qidiruv va qoʻshimcha ishlarni bajaruvchi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida tender savdolarisiz tanlov oʻtkazish yoʻli bilan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi pudratchilarni aniqlashga ruxsat berilsin.
11. Xorijiy investorlar tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan ilgari tuzilgan kelishuvlar doirasida keyinchalik Davlat geologiya qoʻmitasi bilan yer qaʼrini geologik oʻrganish boʻyicha hamkorlikni davom ettirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun taqdim etilgan materiallar oʻrganiladigan investitsiya bloklari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Belgilab qoʻyilsinki:
xorijiy investorlar bilan kelishuvlar muddati tugaganidan soʻng investitsiya bloklari va istiqbolli uchastkalar Davlat geologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtadi;
investitsiya bloklari chegaralari va maydonlari Davlat geologiya qoʻmitasi tasarrufiga oʻtganidan soʻng investorlarni jalb etish jarayonini optimallashtirish uchun bir yil ichida qayta koʻrib chiqiladi.
12. Quyidagi mexanizm joriy etilsin, unga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Strategik muhim turdagi qattiq foydali qazilma konlarini geologik oʻrganish va oʻzlashtirishga xorijiy investitsiyalar jalb qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3000-son qarorida koʻrsatilgan strategik foydali qazilma turlari mavjud yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga topshirish ruxsatnomalarni berish shaffofligini taʼminlovchi auksion savdolar asosida belgilangan tartibda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda ruxsatnomani olish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berilishi mumkin;
(12-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
strategik foydali qazilma turlariga ega yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlangʻich bahosi geologik tadqiqot uchun ― imzo bonusi stavkasi miqdorida, qazib chiqarish uchun ― tijorat topilma bonusi stavkasi miqdorida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda belgilanadi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
strategik foydali qazilma turlariga ega yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi realizatsiyasidan tushgan mablagʻlar auksion savdolarini tashkillashtirishga ketgan xarajatlar chegirilgandan keyin, oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning ishlatilganligi hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi Davlat geologiya qoʻmitasining hisoboti har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etiladi;
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining texnik koʻmagi, auditorlar va mustaqil maslahatchilarni jalb etgan holda, shaffof tartib-taomillar asosida tender hujjatlarini tayyorlash va savdolarni tashkillashtirish, investitsion geologik obyektlarni baholash yoʻli bilan strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib chiqarishga doir investitsiya bitimlarini tuzish amaliyoti qoʻllaniladi.
Davlat geologiya qoʻmitasi tasdiqlangan mineral-xom ashyo bazasini (jumladan neft va gazni) rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari boʻyicha ishlarni moliyalashtirish uchun Davlat geologiya qoʻmitasiga ajratiladigan yillik mablagʻlar doirasida yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlangʻich qiymatini baholash boʻyicha xizmatlar haqi toʻlovi uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
13. Belgilab qoʻyilsinki, Davlat geologiya qoʻmitasi:
Ishchi guruhning ishchi organi va ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlar, shuningdek, barcha istiqbolli uchastkalar, investitsiya bloklari va uglevodorod xom ashyosi konlari boʻyicha amaldagi loyihalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning egasi hisoblanadi;
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalardan tashqari, salohiyatli xorijiy investorlar ishtirokida neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini geologik oʻrganish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun masʼul ijrochi organ hisoblanadi;
neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini olib borayotgan yer qaʼri foydalanuvchilari uchun umuman respublika mineral-xom ashyo bazasini mutanosib rivojlantirish va qayta tiklashni taʼminlashni hisobga olgan holda uglevodorod xom ashyo zaxiralarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalarni belgilaydi.
14. Belgilansinki, yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik munosabatlarini boshqarish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Davlat geologiya qoʻmitasi bilan kelishilishi shart.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3578-son qarorida:
10-bandning uchinchi xatboshisi, shuningdek, 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
11-banddagi “339” va “92” raqamlari tegishincha “391” va “107” raqamlari bilan almashtirilsin.
18. Davlat geologiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-noyabr,
PQ-4522-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qaroriga1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi qayta tashkil etiladigan korxonalar
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi qayta tashkil etiladigan korxonalar uning tashkiliy tuzilmasida qoladi;
* 2020-yildan “Markaziy geologiya-geofizika ekspeditsiyasi” DK va “Regional geologik-tasvirlash ekspeditsiyasi” DKlarni birlashtirish yoʻli bilan “Regionalgeologiya” DK tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qaroriga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan 2020-2021-yillarda yer qaʼrini uglevodorod xom ashyosiga geologik oʻrganish ishlarining
T/r Ishlarning nomi Oʻlchov birligi 2020-y. 2021-y. Jami Jami, shu jumladan: mlrd soʻm 1 463 1 571 3 034 1. Geofizik ishlar mlrd soʻm 602 710 1 312 2D seysmik-qidiruv ming pog.km 9,1 9 18,1 mlrd soʻm 172 201 373 3D seysmik-qidiruv ming km-2 1,7 2 3,7 mlrd soʻm 79 107 186 uskunalar xarid qilish mlrd soʻm 351 402 753 shulardan TTJ kreditini qoplash uchun mlrd soʻm 4 15 19 2. Burgʻulash ishlari ming pog.m 65 65 130 mlrd soʻm 838 840 1 678 3. Ilmiy-tadqiqot ishlari, shu jumladan: mlrd soʻm 23 21 44 uskunalar xarid qilish mlrd soʻm 10 10 20 4. Struktura tayyorlash dona 16 16 32 5. Istiqbolli resurslar (S3) mln t.sh.yo. 47 53 100
Izoh. Mablagʻlar miqdori mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash boʻyicha yillik davlat dasturlari doirasida aniqlashtiriladi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, tender (konkurs) savdolari natijalari asosida belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qaroriga4-ILOVA
Mineral-xom ashyo, jumladan neft va gaz bazasini rivojlantirish va qayta tiklash borasidagi faoliyatni bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish yoʻli bilan geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qaroriga5-ILOVA
Xorijiy investorlar tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan ilgari tuzilgan kelishuvlar doirasida keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan yer qaʼrini geologik oʻrganish boʻyicha hamkorlikni davom ettirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun taqdim etilgan materiallar oʻrganiladigan investitsiya bloklari
T/r Investitsiya bloklari nomi Xorijiy kompaniyalar nomi Oʻrganib chiqish va hamkorlik boʻyicha takliflar berilishini yakunlash muddati 1. Ustyurt hududi Samsko-Kosbuloq “Socar” (Ozarbayjon), “British Petroleum” (Buyuk Britaniya) 2019-yil noyabr Boyterak Orol dengizi akvatoriyasi Sharqiy Surgil “Total” (Fransiya), “Novatek” (Rossiya), “Mubadala” (BAA) 2019-yil dekabr Agʻin Nasambek Orol dengizi “Total” (Fransiya), “Novatek” (Rossiya) 2019-yil dekabr Uzunkuyi “ONGC” (Hindiston), “Mubadala” (BAA), “Gazprom” (Rossiya) 2020-yil yanvar Kossor “Gazprom” (Rossiya), “Mubadala” (BAA), “Total” (Fransiya) 2020-yil yanvar Molabaur “Mubadala” (BAA) 2019-yil dekabr 2. Buxoro-Xiva hududi Xorazm “Novatek” (Rossiya), “Mubadala” (BAA) 2019-yil dekabr Meshekli-Tuzkoy “Total” (Fransiya) 2019-yil dekabr Chegara-Tagman “Gazprom” (Rossiya) 2020-yil yanvar Xodjiqazgʻan “Condor Petroleum” (Kanada) 2019-yil dekabr Toyloq 3. Fargʻona hududi Chust-Pop “Mubadala” (BAA) 2019-yil dekabr Namangan-Tergachi “Jogmeg” (Yaponiya), “Sinopec” (Xitoy) 2019-yil dekabr Qoradjida-Gumxona “Tatneft”, “Zarubejneft” (Rossiya) 2020-yil mart Chinobod “Gazprom” (Rossiya), “ONGC” (Hindiston) 2019-yil dekabr Mingbuloq “Tatneft”, “Zarubejneft” (Rossiya) 2020-yil mart 4. Surxondaryo hududi Sharqiy Surxon “ONGC” (Hindiston), “Petromaruz” (Rossiya) 2019-yil dekabr 5. Markaziy-Qizilqum hududi Akbuget “Lukoyl” (Rossiya) 2020-yil iyun Beshbuloq Toshquduq 6. Sirdaryo hududi Oʻrta Sirdaryo “ONGC” (Hindiston) 2019-yil dekabr Toshkent oldi “Tatneft” (Rossiya) 2019-yil noyabr Aydarkoʻl “Mubadala” (BAA) 2019-yil dekabr
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)