PQ-4481-son Qaror · 05.10.2019

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4481
  • Qabul qilingan sana:05.10.2019
  • Kuchga kirgan sana:05.10.2019
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/19/4481/4202

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonuni 22-moddasiga muvofiq:

1. 2008-yil 10-oktabr kuni Bishkek shahrida (Qirgʻiziston Respublikasi) Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining davlat tomonidan qoʻriqlovga olinishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuqorida koʻrsatilgan xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur bulgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisining vazifasini bajaruvchi B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2019-yil 5-oktabr,

PQ-4481-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.