PQ-4583-son Qaror · 04.02.2020

Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4583
  • Qabul qilingan sana:04.02.2020
  • Kuchga kirgan sana:05.02.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4583/0122

Yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning qishki sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilma yaratish, mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlarini taʼminlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, qishki sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish borasida bir qator qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish zarurati vujudga kelmoqda. Jumladan:

joylarda qishki sport turlari boʻyicha musobaqalarning tizimli oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimini yaratish, terma jamoalar tarkibini sifatli shakllantirish uchun yuqori malakali sportchilar zaxirasi tayyorlanishini taʼminlash;

qishki sport turlarini rivojlantirish uchun zamonaviy moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda xalqaro standartlarga javob beradigan sport anjomlari, asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlash;

qishki sport turlari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yaratish;

davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qishki sport turlari boʻyicha zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmani yaratish boʻyicha nodavlat sektor bilan oʻzaro munosabatlarni yoʻlga qoʻyish.

Qishki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, Oʻzbekiston sportchilarini xalqaro sport musobaqalari, shu jumladan, Pekin shahri (Xitoy)da 2021-yilda boʻlib oʻtadigan qishki Osiyo oʻyinlari hamda 2022-yilda oʻtkaziladigan XXIV qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorlash va ushbu musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekistonda qishki sport turlarini 2020 — 2023-yillarda rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi doirasida nazarda tutiladigan mablagʻlar;

sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari, jamgʻarmalar, sport federatsiyalari (uyushmalari), klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablagʻlari;

yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

3. 2023-yil 1-yanvarga qadar Qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, ularning hududiy boʻlinmalari, qishki sport turlari boʻyicha professional klublari va nodavlat bolalar sport maktablari:

mol-mulk soligʻi hamda jalb qilingan xorijiy sportchilar va mutaxassislarning daromadlariga ijtimoiy soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirilgan holda toʻlaydi;

qishki sport turlari boʻyicha sport obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari va maxsus professional sport kiyimlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalarini olib kirganlik uchun bojxona boji toʻlashdan ozod qilinadi.

Belgilansinki, mazkur bandning uchinchi xatboshidagi imtiyoz va shartlar Dastur doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi va uning huzuridagi tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ham tatbiq etiladi.

(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

5. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi:

(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga 2020/2021 oʻquv yili uchun ajratilgan qabul parametrlarini yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlashda qishki sport turlari uchun oʻrin ajratilishini taʼminlasin;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida qishki sport turlari kafedrasini tashkil qilsin;

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 2020-yilning yakuniga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasining Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan “Beldirsoy” sport bazasida xalqaro va respublika darajasidagi musobaqalarni oʻtkazish uchun yengil konstruksiyali bino va inshootlar barpo etish, yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilash, dor yoʻlini zamonaviy anjom, asbob-uskunalari va jihozlari bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirsin;

Oʻzbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining xorijda taʼlim olish, stajirovkadan oʻtish va malaka oshirish dasturlari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovlarida qishki sport turlari boʻyicha professor-oʻqituvchilar va trenerlarning faol ishtirokini taʼminlasin.

(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)

(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son)

7. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish hamda ushbu soha uchun malakali trenerlarni tayyorlash muammolariga bagʻishlangan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020-2021-yillarga moʻljallangan ilmiy-amaliy loyihalar tanlovini tashkil qilsin.

8. Qishki sport turlari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, ularning hududiy boʻlinmalari, qishki sport turlari boʻyicha professional klublar va nodavlat bolalar sport maktablariga olti oydan koʻp boʻlgan muddatga tuzilgan shartnomalar asosida jalb qilingan xorijiy sportchilar va mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidenti deb hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son)

10. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov:

(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)

qishki sport turlari boʻyicha zamonaviy sport inshootlarini barpo etish va infratuzilmani rivojlantirish choralarni koʻrsin (shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida), ushbu qarorda belgilangan vazifalarni toʻliq va sifatli amalga oshirish uchun aloqador vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirsin, har oyda ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;

Oʻzbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin, sportning mazkur turlari boʻyicha faoliyat olib borayotgan nodavlat tashkilotlar (federatsiyalar, assotsiatsiyalar va boshqalar) bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻysin, Dasturda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin.

(11-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — hududlarda qishki sport turlarini rivojlantirish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — Dasturda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev — qishki sport turlarini ommalashtirishga qaratilgan maqolalar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 4-fevral,

PQ-4583-son

Oʻzbekiston Recpublikasi Prezidentining 2020-yil 4-fevraldagi PQ-4583-son qarorigaILOVA

Oʻzbekistonda qishki sport turlarini 2020 — 2023-yillarda rivojlantirish

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.