PQ-4593-son Qaror · 10.02.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4593
  • Qabul qilingan sana:10.02.2020
  • Kuchga kirgan sana:11.02.2020
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4593/0174

Mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4391-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur karordan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 10-fevral,

PQ-4593-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi PQ-4593-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4391-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparatining

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.