PQ-4652-son Qaror · 26.03.2020

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4652
  • Qabul qilingan sana:26.03.2020
  • Kuchga kirgan sana:27.03.2020
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4652/0364

Jahon miqyosida tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish, aholi salomatligi va sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda jonbozlik koʻrsatishmoqda.

Fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishga qoʻshayotgan ulkan hissalarini va fidokorona xizmatlarini eʼtirof etgan holda, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish ishlariga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarni qoʻshimcha ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

1. Koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovi (keyingi oʻrinlarda — maxsus toʻlov) belgilansin:

vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million soʻm;

oʻrta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million soʻm;

kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million soʻm;

boshqa xodimlarga — 5 million soʻm.

Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi (A.N. Aripov) bir hafta muddatda maxsus toʻlovlarni oluvchi mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarga jalb qilingan boshqa xodimlarning qoʻshimcha roʻyxatini tasdiqlasin.

2. Belgilansinki, maxsus toʻlovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida toʻlab beriladi.

3. Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi yoki ularning ogʻir ahvolga tushishi va sogʻligʻi tiklanmaganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan qoʻshimcha toʻlovlar miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan, zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarni yuqori himoya darajasiga ega boʻlgan shaxsiy himoya vositalari komplekti bilan muntazam ravishda taʼminlasin.

5. Mazkur qaror ijrosi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 26-mart,

PQ-4652-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4652-son qarorigaILOVA

Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi yoki ularning ogʻir ahvolga tushishi va sogʻligʻi tiklanmaganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan qoʻshimcha toʻlovlar

Izoh. Ushbu toʻlovlar qonun hujjatlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlar hamda mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi yoki boshqa oqibatlar yuzaga kelishi munosabati bilan toʻlanadigan toʻlovlarni saqlab qolgan holda qoʻshimcha ravishda amalga oshiriladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.