PQ-4720-son Qaror · 20.05.2020

“Har bir oila-tadbirkor” dasturini moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-4720
  • Qabul qilingan sana:20.05.2020
  • Kuchga kirgan sana:21.05.2020
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/20/4720/0623

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyaviy resurslar bilan taʼminlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bankining “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) qoʻshimcha ravishda 100 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlarni quyidagi vakolatli banklarga ajratish haqidagi taklifiga rozilik berilsin:

“Agrobank” ATBga — 40 million AQSH dollari ekvivalentida;

AT Xalq bankiga — 30 million AQSH dollari ekvivalentida;

“Mikrokreditbank” ATBga — 30 million AQSH dollari ekvivalentida.

2. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorga asosan qoʻshimcha mablagʻlarni ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4498-son qarorida belgilangan tartib va shartlarda Jamgʻarma hamda vakolatli banklar oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomalariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish orqali amalga oshiriladi.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 20-may,

PQ-4720-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.