Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni taʼminlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi koʻrsatkichlari oshishiga sabab boʻlmoqda.
Jumladan, soʻnggi toʻrt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamgʻarmasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pogʻonaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pogʻonaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pogʻonaga koʻtarildi.
Oʻzbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga koʻtarildi.
Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha eʼtibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan soʻrovlarda aksariyat islohotlar oʻz aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasi quyi pogʻonalarda qolmoqda.
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda ― Kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlarning Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini taʼminlash, mazkur yoʻnalishdagi ishlarning samaradorligiga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish;
Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish boʻyicha tashabbuslarni ilgari surish;
davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning oʻrniga taʼsiri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Kengashning ishchi organlari etib belgilansin.
Kengash ishchi organlari boʻyicha taqsimlangan Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilashga qaratilgan taʼsirchan choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi hamda ushbu yoʻnalishda tizimli xalqaro hamkorlik olib borilishi ustidan Kengash tomonidan nazorat oʻrnatiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi organlari boʻyicha taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Masʼul davlat organlari birinchi rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning bosh mezonlaridan biri etib Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar boʻyicha samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda ― KPI) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mutasaddi vazirlik va idoralar oʻzlari masʼul boʻlgan reyting va indekslarning eʼlon qilinishi muddatlari va ularning metodologiyalarini hisobga olgan holda, KPIga erishish maqsadida:
bir oy muddatda 2020-yil ikkinchi yarmi davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini;
har yil 1-dekabrga qadar kelgusi yil davomida amalga oshirishi lozim boʻlgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Kengashga kiritilishini taʼminlasin.
Bunda, xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur koʻrsatkichni qayd etishga qaratilgan amaliy takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, reyting va indekslarni eʼlon qiluvchi tashkilotlar hamda ularni tuzishda foydalaniladigan axborot manbalari bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini nazarda tutish lozim.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq masʼul davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorak yakuni boʻyicha:
keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi;
keyingi oyning 30-sanasiga qadar Kengash raisi yoki oʻrinbosarining rahbarligida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPI ga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot beradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-son Farmoni bilan tashkil etilgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya zimmasiga Kengash faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish va Kengash yigʻilishlari oraligʻida tegishli yoʻnalishda masʼul davlat organlari ishini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatilsin.
6. Masʼul davlat organlari hamda tadqiqot institutlari tegishli xalqaro reyting va indekslar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi maʼlumotlarni Kengash ishchi organlariga muntazam ravishda taqdim etib borsin.
7. Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini aks ettirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida adliya organlari va muassasalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida 6 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda ushbu boshqarmaning yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar Internet tarmogʻida “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining (keyingi oʻrinlarda ― portal) ishga tushirilishini taʼminlasin.
Kengash ishchi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portal faoliyatining uzluksiz ishlashini taʼminlash va uni yangilab borish uchun masʼul etib belgilansin.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari rahbarlari “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalida eʼlon qilinadigan axborotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi masʼul davlat organlari bilan birgalikda muntazam ravishda davlat va jamiyat hayotining xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatorlarida baholanadigan sohalariga oid davlat siyosatidagi oʻzgarishlar va islohotlarning mohiyatini yoritish hamda sohada jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida keng qamrovli targʻibot ishlarini amalga oshirsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-iyun,
PF-6003-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-son Farmoniga 1-ILOVA
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-son Farmoniga 2-ILOVA
Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting va indekslarning Kengash ishchi organlari boʻyicha
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2022-y., 06/22/197/0765-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi uchun ustuvor boʻlgan xalqaro reyting va indekslar boʻyicha samaradorlikning
Izoh:
1. Xalqaro reyting va indekslar metodologiyalari oʻzgargan taqdirda, mazkur ilovaga ularning tarkibiy indikatorlari boʻyicha “KPI”larni masʼul davlat organlariga qayta taqsimlashni koʻzda tutuvchi tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.
2. “Global raqobatbardoshlik” va “Budjet ochiqligi” indekslari boʻyicha “KPI”lar ularda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrni aks etgandan soʻng belgilanadi.
3. Ustuvor xalqaro reyting va indekslar boʻyicha 2030-yil uchun tegishli maqsadli koʻrsatkichga erishish uchun kelgusi 3 yillikka moʻljallangan “KPI”lar masʼul davlat organlari tomonidan har yili 1-dekabrdan kechikmagan holda ishlab chiqiladi va mazkur ilovaga belgilangan tartibda qoʻshimchalar kiritib boriladi.
4. “KPI”lar belgilangan yillar kalendar yillariga muvofiq hisoblanadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-son Farmoniga 4-ILOVA
Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini aks ettirish boʻyicha
Izoh: mazkur chora-tadbirlar tegishli davlat organlari, vazirlik va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida hamda oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi PF-6003-son Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5635-son Farmonida:
a) 1-ilovaning 118-pozitsiyasi “Bajarish muddati” ustunidagi “2019-yil 1-fevral” soʻzlari “2022-yil 31-dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash uchun masʼul davlat organlari
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5687-son Farmonida:
a) 2-bandda:
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Komissiya xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash boʻyicha ishlarni amalga oshirish doirasida:
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashining (keyingi oʻrinlarda ― Kengash) ishini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Kengash yigʻilishlari oraligʻida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;
tegishli qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosini vazirlik hamda idoralar tomonidan sifatli va toʻliq bajarilishini taʼminlaydi, shuningdek ularning oylik hisobotlarini eshitadi;
Kengash kotibiyatiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan davriy hisobot taqdim etadi”;
“b” kichik bandining birinchi xatboshisi “moliya vaziri oʻrinbosari” soʻzlaridan keyin “adliya vazirining tegishli oʻrinbosari bilan birgalikda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“v” kichik bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Boshqarma va Adliya vazirligining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi Komissiya ishchi organlari boʻlib, mutasaddi vazirlik va idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash faoliyatini samarali tashkil etadi va zarur maʼlumotlarni umumlashtiradi, bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshiradi”;
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”;
v) 2-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-son qarorida:
a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini oshirish boʻyicha tizimli va izchil choralar koʻrish”;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
v) 1-ilovada:
9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini oshirish boʻyicha tizimli va izchil choralar koʻrish”;
10-band quyidagi mazmundagi 19-kichik band bilan toʻldirilsin:
“19) siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini oshirish boʻyicha tizimli va izchil choralar koʻrish sohasida:
siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan baholarni tahlil qiladi;
davlat organlari va tashkilotlari, tadqiqot institutlari tomonidan siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan baholarga sabab boʻlgan omillar va muammolarni kompleks oʻrganilishini va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi, uslubiy rahbarlik va monitoringni amalga oshiradi;
siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslar doirasida baholanadigan yoʻnalishlarda islohotlarni amalga oshirishni koʻzda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni reyting va indekslar metodologiyasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining ulardagi oʻrniga ehtimoliy taʼsiri nuqtai nazaridan baholaydi;
siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarni tuzuvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyadi va hamkorlik olib boradi;
davlat organlari va tashkilotlarining siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarni tuzuvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarni Oʻzbekistonda tegishli sohalarda amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari haqida axborotlardan xabardor qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, uslubiy rahbarlik va monitoringni amalga oshiradi”;
g) 3-ilovada:
“Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi ― 7” blokidan keyin “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi ― 6” bloki bilan toʻldirilsin:
izohdagi “178” raqami “184” raqami bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4160-son qarori 5-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4210-son qaroriga ilovada:
2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
13 va 14-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
16-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin: